Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:35

Kumush Razzoqova: Rayhonning o‘zbekcha bilmasligi tarbiyasizlik nishonasi


O‘zbek estradasi vakili Rayhon
O‘zbek estradasi vakili Rayhon

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” 38 yashar Rayhon G‘anieva “o‘zbek tilini o‘rganadigan yoshda emasman” deb intervyu bergani ijtimoiy tarmoqlar muhokamasiga chiqdi.

Muhokamalarda O‘zbekistonlik taniqli kinochi Nabi G‘anievning nabirasi o‘z ona tilini unutganligi afsus bilan qayd qilindi.

“Qanday qilib, o‘zbekcha qo‘shiq , aytadigan xonanda O‘zbekistonda bir umr yashab til bilmaydi.? Yana uni O‘zbekistonda xizmat kursatgan artist "degan unvoni xam bor edi , shekilli. Bunday “rayxonchalar” o‘zbeklarni yerga urib o‘zbek tilini bilmaslik krutoylik degan reklamani qilib ëtibdi” deydi Facebookning Gulzamon ismli yuzeri.

Boshqalar esa “O‘zbekistonda davlat tilini bilish zarurati” haqida gapirib¸ “chet elda muxojirlarga yashash huquqi til imtixonidan keyin berilishini “ ta’kidlashdi.

Facebookning Nigina Aksenova ismli yuzeri esa bu gaplarga qo‘shilmaydi:

“Xvatit uje isterit iz-za erundi! iz-za togo, chto Rayxon ne znaet uzbekskogo yazika, s uzbekskoy ekonomikoy xuje ne stanet”

Bu muhokamalar ortidan Ozodlik O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kumush Razzoqova bilan suhbatlashib “Sahnada o‘zbekcha qo‘shiq aytadigan honandalar o‘zbek adabiy tilini bilishi kerakmi?” degan savolga javob oldi.

Ona tarafdan rus bo‘lgan Kumush Razzoqova O‘zbekistonda yashagan ota-onasi o‘zbek bo‘lgan ashulachining o‘zbekcha bilmasligi “tarbiyasizlik nishonasi”deb atadi.

Kumush Razzoqova nazarida “38 yashar Rayhon G‘anievaning til o‘rganishga yoshim o‘tib qoldi degani ham mantiqsizdir”.

Кумуш Раззоқова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:00 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik yana bir xonanda Aziza Niëzmetova "qo‘shiqchining til bilish-bilmasligini ahamiyati yo‘q deb biladi"

Азиза Ниëзметова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:04 0:00
Бевосита линк

Jozibadan mosuvo "davlat tili"

Eslatib qo‘yamiz 1989 yilning 19 martida Toshkent markazidagi Lenin maydoni (Xozir Mustaqillik maydoni)da bo‘lib o‘tgan mitingda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish talab qilingan edi.

Buning ortidan 1989 yilning 21 oktyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni millat tiliga milliy maqom berish jarayonining huquqiy poydevorini qo‘ydi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach¸ bu qonunga bir qator o‘zgartish va tuzatishlar kiritildi va ularning huquqiy jihatdan o‘zbek tili maqomini yanada kuchaytirishi iddao qilindi.

Ammo kuzatuvchilar oradan o‘tgan 27 yil yil davomida O‘zbekistondagi o‘zbek tili jozibadorlik kasb qilmaganini aytib kelishadi.

XS
SM
MD
LG