Линклар

Шошилинч хабар
18 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:44

Qozog‘istonda ajnabiylarga yer sotilishiga qarshi mitinglar davom etmoqda


Aqto‘be shahridagi mitingga kelgan norozilar, 2016 yil 27 apreli.
Aqto‘be shahridagi mitingga kelgan norozilar, 2016 yil 27 apreli.

27 aprel kuni Qozog‘istonning Aqto‘be va Semey shaharlarida “yer sotilishi”ga qarshi ruxsat etilmagan ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi. Har ikkala yirik shahardagi namoyishda yuzlab norozi ishtirok etgani aytilayapti.

Aqto‘bedagi norozilik aksiyasi

Chorshanba kuni Aqto‘be shahridagi To‘ng‘ich prezident bog‘ida Qozog‘iston Yer kodeksiga o‘zgartish kiritilishiga hamda rasmiylarning qishloq xo‘jalik yerlarini sotish rejasiga qarshi o‘tkazilgan mitingda yuzlab odam qatnashdi.

Aqto‘belik huquq faoli Olьga Klimonova Ozodlikning qozoq xizmatiga miting haqidagi xabar mobil messenjerlar vositasida tarqatilganini aytdi. Miting boshlanadigan paytda To‘ng‘ich prezident bog‘i “kemiruvchilarni o‘ldirish uchun” yopib qo‘yilgan. Olga Klimonovaga ko‘ra, mitingga kelganlar bog‘ning ochilishini kutib o‘tirmaganlar.

- Mitingni yo‘lakning o‘zida boshlab yubordilar. Viloyat ichki siyosat departamenti boshlig‘i kelganidan keyin odamlarning bog‘ ichiga kirishiga ruxsat berdilar, - der ekan Olga Klimonova hokimiyat vakili yig‘ilganlarga "Do‘stlik uyi" binosiga kirishni taklif qilgani, biroq mitingchilar bu taklifni xushtak bilan rad etganlarini qo‘shimcha qildi.

Ақтўбеда "ер сотилиши"га қарши ўтган митингдан лавҳа
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:50 0:00
Бевосита линк

Aqto‘bedagi mitingdan lavha Facebook tarmog‘idan olindi.

Aqto‘belik huquq faolining aytishicha, mitingda so‘zga chiqishni istaganlar ko‘p bo‘lgan, viloyat markazidagi mitingga turli qishloqlardan odamlar kelgan. Politsiya xodimlari voqeani chetdan kuzatib turganlar.

Semeydagi namoyish

Kunning ikkinchi yarmida Semey shahridagi G‘alaba bog‘ida ham yer masalasiga bag‘ishlagan miting boshlangan. Mahalliy faol Mayra Abenovaga ko‘ra, odamlar soat 14 dan keyin bog‘ni ko‘zlab kela boshlaganlar.

- Bizning birinchi galdagi talabimiz – yer chet elliklarga sotilmasligi kerak. Ikkinchidan, qishloq xo‘jalik yerlari 1 iyuldan kimoshdiga qo‘yiladi, deyishayapti. Biz yerning xususiy mulk qilib berilishiga qarshimiz, - dedi miting ishtirokchilaridan biri Gulfayra Janibekova.

Ер кимошдига қўйилишига қарши Семейда ўтказилган митингдан лавҳа
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:41 0:00

Semey shahridagi mitingdan lavha Ozodlik mushtariysi tomonidan yo‘llangan.

Mahalliy faol Mayra Abenovaga ko‘ra, mitingchilar bilan uchrashishga shahar hokimi va prokuratura vakillari kelgan. Ular mitingchilardan o‘z talablarini yozma shaklda bayon qilib berishni so‘raganlar va mazkur talabnoma mazmunini respublika rasmiylariga yetkazishga tayyor ekanlarini bildirganlar. Ostonaga yo‘llanajak xat ostida imzo yig‘ilib, hokimga topshirilganidan so‘ng mitingchilar tarqab ketganlar.

“Yer sotilishi”ga qarshi ruxsat etilmagan miting 24 aprel kuni Atirau shahrida ham bo‘lib o‘tgan, unda, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 700 kishidan bir necha ming nafargacha norozi ishtirok etgandi. Viloyat markazlarida uyushtirilayotgan ommaviy mitinglar hamda Ostona va Olmaotada o‘tkazilayotgan bir kishilik aktsiyalarga rasmiylarning joriy yil 1 iyulidan 1 million 700 ming gektar yer kimoshdiga qo‘yilishi haqidagi bayonotlari sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG