Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:59

O‘zbekiston qamog‘ida eng uzoq saqlangan siyosiy mahkum Samandar Qo‘qonov ozodlikka chiqarildi


Samandar Qo‘qonov.
Samandar Qo‘qonov.

Samandar Qo‘qonov yaqinlarining Ozodlikka xabar qilishicha¸ 24 noyabr kuni Jazoni Ijro etish Bosh Boshqarmasi rasmiylari 72 yashar Qo‘qonovga berilgan so‘nggi jazo muddati bekor etilgani va mahkumning ozodlikka chiqishini ma’lum qilgan. Ozodlik bog‘langan kunning ikkinchi yarmida Qo‘qonov farzandlari Zarafshondagi 64/48 zonasi oldida¸ otasining chiqishini kutib turishganini bildirishdi.

- Hozir qamoqxona eshigi oldida turibman. Hali otamni ko‘rmadim. Bir soatdan so‘ng telefon qilsangiz¸ Xudo xohlasa¸ gaplashamiz¸ dedi Qo‘qonovning o‘g‘li Sardor Toshkent vaqti bilan soat 13 lar atrofida.

“Oxirgi ajrim bekor bo‘ldi¸ Samandar akani uyga olib ketinglar” deb telefon qilishdi. Sa’y-harakatlaringiz uchun tashakkur”¸ deb yozdi Ozodlikka Qo‘qonov yaqinlaridan yana biri.

Joriy yil 6 oktabr kuni 23 yilu 4 oydan beri qamoqda qolayotgan 72 yashar Qo‘qonovga berilgan so‘nggi jazo muddati tugagan edi.

Ammo Qo‘qonovni ozodlikka chiqarish o‘rniga 7 oktabr kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahar sudi uni Jinoyat Kodeksining 221-moddasi 2 qismi "b" bandi va 60-moddasi bilan 3 yil 5 kunga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Bu hukm Ozodlik orqali jamoatchilikka yoyinlanishi ortidan¸ AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Nisha Bisval Qo‘shma Shtatlar Samandar Qo‘qonovni ozod qilishga chaqirganini bildirdi.

O‘zbekiston Oliy kengashi deputati¸ Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig‘i Samandar Qo‘qonov 1993 yilning 2 iyul kuni davlatga qarashli katta miqdordagi mol-mulkni talon-tarojlik qilganlik aybi bilan hibsga olingan.

MXX yerto‘lasida bir yarim yil saqlanganidan so‘ng¸ 20 yillik qamoqqa hukm etilgan va bu bir yarim yil qamoq muddatidan chegirilmagan.

Asli Jizzax viloyatining Forish tumanidan bo‘lgan Samandar Qo‘qonov 1989 yili Shavkat Mirziyoev (hozirda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi va bosh vazir) bilan bir chaqiriqda O‘zbekiston Oliy Kengashi deputatligiga saylangan.

​Uni yaqindan tanigan maslakdoshlari 80-yillar oxirida siyosiy maydonda faol ko‘zga tashlangan tadbirkor va deputatning shaxsan Islom Karimov topshirig‘i bilan qamoqqa olingani va shaxsan Karimov topshirig‘i bilan qamoqda shuncha vaqt saqlanganini ta’kidlaydilar.

Qo‘qonovning Karimov g‘azabiga uchraganini izohlagan o‘zbekistonlik tahlilchilar¸ buni Qo‘qonovning 80-yillar oxirida demokratik muxolifatga qo‘shilgani¸ xususan¸ Erk demokratik partiyasiga moliyaviy yordam bergani bilan bog‘laydilar.

Samandar Qo‘qonov mustaqil O‘zbekiston tarixida qamoqda eng uzoq qolgan siyosiy mahbusdir.

XS
SM
MD
LG