Линклар

Шошилинч хабар
08 июл 2024, Тошкент вақти: 00:04

"Chegara bilmas muxbirlar": Qoraqalpog‘istonda jurnalistika o‘lmoqda


Qoraqalpog‘istondagi zo‘ravonliklarga aloqadorlikda qidiruvga berilganlar.
Qoraqalpog‘istondagi zo‘ravonliklarga aloqadorlikda qidiruvga berilganlar.

Parijda joylashgan “Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati Qoraqalpog‘istondagi norozilik namoyishlarini shafqatsiz bostirganidan ikki yil o‘tib ham bu mavzu taqiq ostida qolmoqda. Tashkilotning bildirishicha, fojiali voqealar haqida yozishga jur’at etgan jurnalistlar separatizm ayblovi bilan hibsga olinmoqda.

Dunyodagi matbuot erkinligi darajasini kuzatuvchi tashkilot rasmiy Toshkentning Qoraqalpog‘istonni, o‘z ta’biricha, “axborot sahrosi”ga aylantirishga qaratilgan davomli senzura siyosatini qoralagan.

“Kam sonli mustaqil OAV va yutuberlar mintaqa ravnaqiga doir ko‘p yillik masalalarga e’tibor qaratish maqsadida iqtisodiy va ekologik muammolarni yoritishda davom etmoqda. Ammo bu kabi materiallar mintaqadan 1000 kilometrdan ko‘proq masofadagi rasmiy Toshkentning noroziligiga sabab bo‘lmoqda”, deyiladi bayonotida.

Қонли намойишлардан икки йил ўтиб, фаолларга тақиблар кучаймоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:47 0:00

Xalqaro tashkilot o‘tgan yilning kuzida ijtimoiy tarmoqlardan g‘oyib bo‘lgan qoraqalpoq blogerlari – Mustafo Tursinboyev va Salamat Seytmuratovga oid jinoyat ishini yodga olgan.

“NUKUS-ONLINE N1” (150 mingdan ziyod obunachi) va “Xalik TV” (50 mingdan ziyod obunachi) kanallarini yuritgan ikki yutuber Qoraqalpog‘istonda noqonuniy daraxt kesish holatlari yuzasidan surishtiruvlar e’lon qilgan. Mahkama ikki blogerni tovlamachilik, firibgarlik, pora berish kabi jinoyatlarda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Joriy yil 8-iyul kuni ikki blogerga oid jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘riladi.
“Chegara bilmas muxbirlar”, shuningdek, Qoraqalpog‘iston voqealari ortidan qamoq, jarima, shartli ozodlikdan mahrum etish kabi jazolarga hukm qilingan “Yel xizmetinde” mustaqil nashri bosh muharriri Abdimalik Xojanazarov, “Ishonch” gazetasi muxbiri Yesimkan Qanaatov, bloger Baxtiyor Qodirbergenov, “Makan” internet nashri ma’muri Lolagul Kallixonovalar taqdiriga ham e’tibor qaratgan.

“Qoraqalpog‘iston haqida ma’lumot tarqatish O‘zbekiston hukumati tomonidan norozilik namoyishlari tashkil etishga tenglashtirildi.

Cуверен Ўзбекистондаги суверен Қорақалпоғистон. Тарихий контекст
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:27:48 0:00

So‘nggi ikki yildagi qatag‘onlar sabab muxtor mintaqada mustaqil jurnalistika o‘ta zaif holga tushdi. “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti jamoatchilik manfaatiga daxldor mavzu bo‘yicha bosimlar hamda jurnalistlarning kasbiy faoliyati sabab jazolanishidan xavotir izhor etadi. Ular zudlik bilan ozod etilishi kerak”, deydi tashkilotning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Janna Kavele.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar”ning matbuot erkinligi bo‘yicha 2024-yilgi reytingida 180 ta davlat ichida 148-o‘rinni egalladi. Mamlakat o‘tgan yilgi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlagan.

XS
SM
MD
LG