Линклар

Шошилинч хабар
18 май 2024, Тошкент вақти: 11:12

"Pichoq borib suyakka qadaldi". Olmaliqdagi Enter Engineering ishchilari ish tashladi


Ishchilarning o‘zlari tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videolarda yuzlab ishchi qurilish borayotgan maydonda to‘planib, “oylik, oylik” deb baqirayotgani, rasmiylardan ish haqlarini talab qilayotgani ko‘rinadi.
Ishchilarning o‘zlari tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videolarda yuzlab ishchi qurilish borayotgan maydonda to‘planib, “oylik, oylik” deb baqirayotgani, rasmiylardan ish haqlarini talab qilayotgani ko‘rinadi.

Enter Engineering shirkatiga qarashli Olmaliqdagi 3-misni boyitish fabrikasi(MBF) qurilishining o‘zbekistonlik ishchilari 8-aprel kuni stixiyali ish tashlash e’lon qildi.

Ishchilar to‘rt oydan buyon maoshsiz qolayotganlaridan shikoyat qilishmoqda.

Bu zavodda hindistonlik va qozog‘istonlik ishchilar ham ishlaydi. Ularga oylik maoshlari vaqtida to‘lab berilgan.

Ammo o‘zbekistonlik ishchilarga to‘rt oydan buyon maosh berilmagan. Ozodlik bilan suhbatda ular uylarda yegulik qolmagani, kundan-kunga qarzga kirib borayotganlari va kreditlarini to‘lay olmayotganlarini aytib yozg‘irishdi.

"Pichoq suyakka borib qadalgani"ni aytgan ishchilar 8-aprel kuni ish tashlash e’lon qilishdi va shirkat ma’muriyatidan o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon ololmayotgan maoshlarini to‘lab berishni talab qildilar.

Ishchilarning o‘zlari tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videolarda yuzlab ishchi qurilish borayotgan maydonda to‘planib, “oylik, oylik” deb baqirayotgani, rasmiylardan ish haqlarini talab qilayotgani ko‘rinadi.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda Olmaliq MBF-3 ning mulozimlaridan biri chiqib, ishchilarga maoshlarni tushirib beramiz deb va’da berayotgani, ammo ishchilar bu "navbatdagi yolg‘on" ekanligini aytayotganlari ko‘rinadi.

Ozodlik suhbatlashgan ishchilardan birining aytishicha, rasmiylar maoshlarni 9-aprel soat 12ga qadar tushirib berishni va’da qilganlar. Ammo ishchi bu "korxona rahbarlarining navbatdagi nayrangi" ekanligini aytadi:

“Norozilikning kattasi bugun boshlandi. Dushanba kuni oylik beramiz, deyishgandi. Bugun ertalab sota 6 da yig‘ilish bo‘ldi. Unda tushda xabar qilamiz, dedi. Obedda to‘plandik, bizga yanvardan uyog‘i, noyabr va dekabr oyliklarini beramiz, buyog‘i hali yo‘q deyishdi. Biz, nega qozog‘istonlik, hindistonlik ishchilar olyapti-yu, bizga yo‘q, deb e’tiroz bildirdik. Xullas, xalqning sabr kosasi to‘ldi, hamma ishni tashlab, qurilish ketayotgan maydonga yig‘ildi va “oylik, oylik” deb talab qila boshladi”.

Enter Engineering. Кўпмиллиардлик лойиҳаларни олган ширкат ишчиларига ойлик бермаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:37 0:00


Enter Engineering shirkatining O‘zbekiston bo‘ylab 200 dan ortiq obyekti bor. Katta-kichik bu obyektlarda qurilish, ta’mir, qayta ta’mir yoki modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning turli hududlarida ishlayotgan shirkat ishchilari o‘zlarining Telegram-kanalida uch-to‘rt oydan buyon maosh ololmayotganidan yozg‘irishadi.

8-aprel kuni tushdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea bo‘yicha Enter Engineering shirkatining rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Unda ishchilarga yanvar va fevral oylari uchun maosh to‘lab berilgani iddao qilinadi:

"Xodimlarning ish haqi bevosita buyurtmachi oldida bajarilgan ish hajmini muvaffaqiyatli asoslab berilishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda xodimlarning fevral oyi uchun maoshlari to‘liq to‘lab berilgan. Ayni vaqtda mart oyi uchun hajmlarni asoslash jarayoni ketmoqda, ularning yakuniga ko‘ra, butun ish haqi to‘lab beriladi".

Ammo bu rasmiy xabar e’lon qilinganidan so‘ng, kompaniya ishchilarining Telegram-kanalida ishchilar ma’muriyatni yolg‘onchilikda ayblashdi.

Ularga ko‘ra, xorijiy ishchilar, ya’ni ekspatlarning yanvar va fevral oyliklari berilgan, lekin O‘zbekiston fuqarolari maoshi esa dekabr oyigacha to‘langan, xolos.

Dekabr maoshi ham o‘tgan oyning boshida ishchilarning yarmiga berilgan.

Kompaniya bu e’tirozlarga hozircha boshqa munosabat bildirgani yo‘q.

Enter Engineering shirkatining Surxondaryo viloyat, Boysun tumanidagi gazni qayta ishlash korxonasining o‘zbekistonlik ishchilari ham dekabr oyidan buyon maoshsiz ishlayotganlarini aytishadi.

Ozodlik suhbatlashgan, ismi sir qolishini so‘ragan korxona ishchilaridan birining aytishicha, hindistonliklar ham "to‘polon qilib pullarini undirib olishgan":

“O‘tgan hafta hindiston va bangladeshliklar zabastovka qildi. Janjal qilib borib, kadrlar bo‘limi oynalariga tosh otib sindirishdi. 2500 odam uch kun ishlamadi. Keyin qora niqobdagi maxsus kuchlarni tashladilar. Ular hindlarni o‘zlari yashab turgan gorodokka qaytarib tushirishdi. Xullas, hindlarga pullarini to‘lashdi, lekin 500 kishini shirkatning samolyotida Hindistonga qaytarib olib ketishdi”.

Hujjatlarga qaraganda, bu obyektda 8 mingga yaqin ishchi bor. Ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, har oylik maoshni janjal-to‘polon bilan olish odatiy holga aylangan.

Ishchilarga ko‘ra, EЕ ning O‘zbekiston bo‘ylab, o‘nlab yirik shirkatida o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylari maoshini ololmagan jami 50 mingdan ortiq ishchi bor va norozilik kuchayib bormoqda.

Ismini oshkor etishni istamagan mutaxassilaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Enter Engineering shirkatining Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Zarafshon, Farg‘ona, Andijon viloyatlaridagi 200 dan ortiq obyektida jami 52 ming ishchi bor.

Ishchilar O‘zbekistonning turli viloyatlaridan borgan armaturachi, betonchi, haydovchi, montajchi, usta, chilangar, svarshik kabi qurilishdagi 20 dan ortiq kasb va hunar egalari.

Bularning 12 mingga yaqini qozog‘istonlik, hindistonlik, turkiyalik va rossiyalik ishchilar. Oylik ish haqi 2 milliondan 25 million so‘mgacha.

Ishchilar oylik maoshlari kechikishi bilan birga to‘lanadigan mehnat haqidagi ulkan tafovutdan ham norozi, ammo aytishlaricha, boshqa tanlov yo‘q.

Ishchilariga oylab maosh bermayotgan har ikki kompaniya - Enter Engineering ham, Eriell ham Ozodlikning qator surishtiruvlari qahramoni, Kremlga yaqin oligarx Baxtiyor Fozilovga tegishli.

Enter Engineering va Eriell shirkati O‘zbekistonning kon-metallurgiya, gaz va neft, turizm, turli ishlab chiqarish obyektlari modernizatsiyasi, ayrim yirik binolar ekspluatatsiyasi kabi 228 ta loyihani qo‘lga kiritgan.

2008-yilda Rossiyada faoliyatini boshlagan ERIELL guruhi aksiyalarini Gazprombank sotib olgan, 2015-yil dekabrida ERIELL bu aksiyalarining bir qismini qayta sotib olgan. Guruh aksiyalarining 39.6 foizi, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, hamon Gazprombankka tegishli.

Enter Engineering. Кўпмиллиардлик лойиҳаларни олган ширкат ишчиларига ойлик бермаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:37 0:00


Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan joriy qilingan G‘arb sanksiyalaridan so‘ng, Fozilov ERIELL shirkati Rossiyadan chiqib ketdi.

Rossiyaning neft-gaz sohasidagi yirik axborot portali - ROGTEC xabariga ko‘ra, 2023-yilning avgustida ERIELL shirkatining Rossiyadagi bo‘linmasi MetallStroyService shirkatiga sotilgan.

Nashr bitimning prezident Putin ruxsati bilan amalga oshirilganini ta’kidlagan.

Ammo shirkat, keyingi yillarda O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi yirik loyihalarni qo‘lga olayotgani aytiladi.

OKMK - yillik mis ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda turadi - 148 ming tonna mis qazib olinadi. Birinchi o‘rinda Rossiya - 973 ming tonna, ikkinchisi esa Qozog‘iston - 500 ming tonna.

Kombinat saytida keltirilishicha, hozirgi kunda OKMK tashqi sotuvining asosiy bozori Turkiya bo‘lib, u yerga tovarlarning 60−70 foizi yetkazib beriladi.

XS
SM
MD
LG