Линклар

Шошилинч хабар
17 май 2024, Тошкент вақти: 13:53

Toshkentda suvdan qarzi bor xonadonlar tarmoqdan uzilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston poytaxtida iste’molchilarning suvdan umumiy qarzdorligi 200 milliard so‘mdan kamaymayapti, shu vajdan o‘tkazilayotgan reydlar davomida ko‘plab qarzdor xonadonlarning quvurlari asosiy tarmoqlardan uzilmoqda. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Tashkilot kunlar isiy boshlagani ortidan ichimlik suvidan belgilanmagan vaqtlarda maishiy ehtiyojlardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari ortganiga e’tibor qaratgan.

Xabarnomada hukumatning tegishli qarori bilan maishiy ehtiyojdan tashqari suvdan foydalanish, xususan sug‘orish ishlari uchun tungi 00:00 dan tonggi 5:00 ga qadar foydalanish mumkinligi belgilab qo‘yilgani, biroq bu talabga ham iste’molchilar tomonidan amal qilinmayotgani urg‘ulangan.

O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab Toshkent shahrida ichimlik suvining bir kub metri uchun jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar 1400 so‘mdan, yuridik shaxslar esa 3000 so‘mdan haq to‘lay boshlagan.

XS
SM
MD
LG