Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:15

O'zbeklar YouTube saytida: "Domla, erkakmisiz? Duxiz bormi?"


"Yosh to'lqin" tahririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom etadi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube portaliga joylashtirgan qiziqarli videolarini e'tiboringizga havola etamiz.

Bugungi video lavhaning "link"ini bizga Umidjon ismli mushtariyimiz yo'lladi. "Prokurorning qizi" deya nomlangan video lavhada O'zbekistondagi bilim olish dargohlarining birida (maktab yoki oliy o'quv yurti) o'qituvchi va "derzkiy" talaba qiz o'rtasida yuz bergan achinarli voqea tasvirga tushirilgan.



Video lavha muallifiga ko'ra, sho'x o'quvchining otasi prokuror. O'quvchi qizning o'zi ham "ortida otasi turganini" inkor etmaydi. Afsuski videoda voqea O'zbekistonning aynan qaysi shahrida yuz bergani aytilmagan.

"O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknimizda O'zbekiston ta'lim tizmidagi muammolarni yorituvchi video lavhalar tez-tez chiqib turishi oddiy holda aylanib bormoqda. Esingizda bo'lsa, bundan oldin Toshkent Davlat Iqtisodiyot Univestitetining talabalari imtihon vaqtida o'qituvchi ustidan kulayotgani va Buxoro Avtoyo'l Texnikumida o'qituvchi doska oldida o'quvchilarni tik turgizib kaltaklayotgani tasvirga tushirilgan video lavhalarni e'tiboringizga havola etgan edik.

***

YouTube portalida o'zbekistonliklarning qiziqarli videolariga ko'zingiz tushdimi? Unda albatta video linkini bizning yoshtolqin@gmail.com elektron manzilimizga jo'nating. Biz ularni albatta "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknimizga joylashtiramiz.
XS
SM
MD
LG