O‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 50 mingtadan oshdi. Ellik minginchi maqola kvadrat tenglamalar haqida bo‘ldi.
So‘nggi yilda o‘zbek tilidagi Vikipediya keskin rivojlanmoqda. Ayni damda o'zbekcha viki maqolalar soni bo'yicha loyihadagi barcha tillar orasida 60-o‘ringa ko‘tarilgan.
Shuningdek, faol foydalanuvchilar soni ham asta-sekin o‘smoqda: shu kungacha 10984 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan, ulardan 77 nafari faol (ya‘ni oxirgi 30 kun ichida kamida bitta tahrir qilgan).
"Biroq maqolalarimiz sifati qoniqarli emas", deyiladi o‘zbekcha Vikipediyada e‘lon qilingan bildirishda. "Maqolalarning aksariyati juda qisqa; 50002 ta maqoladan atigi 1500 ga yaqinida matn 8 KB dan oshadi”.
O'zbekiston Internet provayderlari o'zbek tilidagi Vikipediyaga kirish yo'lini to'sib qo'yishgan. Biroq to'siq texnik jihatdan kuchli bo'lmagani uchun saytga HTTPS protokoli (xavfsiz protokol) orqali kirshi mumkin. Ya'ni, brauzerning manzil strida uz.wikipedia.org o'rniga https://uz.wikipedia.org sayt manzilini yozish kerak.
O'zbekcha Vikipediyaning faol tahrirchilaridan biri Nodir Atayevga ko'ra, loyihaning O'zbekistonda to'siqligi uning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirmoqda.
- 50 000 bu katta yutuq biz uchun. O'zbekistonda to'silgan bir paytda chetdan turib shuncha maqola yozganimiz tahsinga sazovor. O'zbekiston hududida ham kirib yozishyapti eplaganlar... O'rta Osiyoda faqat qozoqlardan orqadamiz xolos hozir. Ammo ularda davlat Vikini qo'llayapti. Qozoq Endiklopediyasini davlat "public domain"ga (ommaviy foydalana olish) chiqazdi. Bu degani qozoqlar qo'rqmasdan o'sha ensiklopediyadagi maqolalarni Vikiga qo'shaveradilar, - deydi Nodir Atayev.
Vikipediya ko'pchilik birgalikda yozadigan ochiq va bepul ensiklopediyadir. U 2001 yili AQSh fuqarolari Jimmi Uels (Jimmy Wales) va Lerri Sanjer (Larry Sanger) tarafidan ishga tushirilgan. “Wiki” sozi Gavayi mahalliy aholisi tilidan olingan bo'lib, “tez” degan ma’noni anglatadi.