"Yosh to'lqin" tahririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom ettiradi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.
Esingizda bo'lsa ushbu ruknda chop etilgan oldingi maqolamizda Toshkentdagi Narxoz, ya'ni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida yuz bergan qiziq voqea haqida bayon qilgan edik. Bugungi maqolamiz ham ta'lim sohasiga oid video haqida.
Ushbu videoni bizga Inomjon ismli mushtariyimiz yo'lladi. Videoda o'qituvchi doska oldida o'quvchilarni tik turgizib kaltaklamoqda. Muallifining aytishicha, bu video Buxoro Avtoyo'l Texnikumida suratga olingan.
Qadimda ota-ona farzandini ilm olgani ustozga olib borar ekan, "go'shti sizga, suyagi esa bizga" deyishar ekan. Bu bilan, kaltaklaysizmi, dashnom berasizmi, o'qitib, odam qilib bersangiz bo'ldi, der ekanlar. 21 asrda o'quvchi tarbiyasiga bunday yondashuv to'g'ri keladimi?