Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:32

Liviyalik isyonchilar Qaddafiy saroyiga kirdi


Liviyadan olingan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, yuzlab isyonchi mamlakat rahbari Muammar Qaddafiy saroyiga bostirib kirgan. Qaddafiyning qayerda ekani hozircha ma‘lum emas.

Undan oldin isyonchilar Bobul-Aziziya saroyidan tashqari poytaxtning barcha hududlarini nazorat ostiga olganlarini iddao qilgan edi.

Avvalroq Tripoli isyonchilar nazoratida ekanini bildirgan NATO rasmiysi Qaddafiy rejimining hokimiyatdan ag‘darilishi uchun oz vaqt qolganini aytgan edi.

- Ochig‘ini aytish kerak: ular Tripolida shovqin-suron ko‘tarishga urinayotganiga qaramay, Qaddafiy rejimi burilish nuqtasidan o‘tdi va hozir qulamoqda. Biz uchun bu vaqt masalasidir, - dedi NATO matbuot kotibi¸ polkovnik Roland Lavoi.

Ayni paytda, isyonchilar tarafidan hibsga olingani aytilgan Muammar Qaddafiyning o‘g‘li Sayful Islomning ozodlikda ekani ayon bo‘ldi.

Seshanba kuni u Tripolida ko‘rinish berdi.

Liviya rahbarining 39 yoshli o‘g‘li otasi Muammar Qaddafiy Tripolida, bexavotir joyda ekanini aytdi va shahar isyonchilar tarafidan ishg‘ol etilganini rad qildi.
XS
SM
MD
LG