O‘sh viloyati Qurmonjon dodho qishlog‘idagi o‘zbek maktabi o‘qituvchilari yangi o‘quv yili boshida kaltaklandi.
Sobiq Hamid Olimjon, hozirgi “3-internatsional” nomli o‘rta maktab O‘sh viloyatining Qorasuv tumaniga qarshli Qurmonjon dodho qishlog‘ida joylashgan. O‘sh voqealariga qadar maktabda ta‘lim berish o‘zbek tilida olib borilgan.
2011-2012 o‘quv yilida esa mazkur qishloqdagi Sidiq Alaychi nomli qirg‘iz o‘rta maktabidan 1-sinfdan 9 - sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarning bir qismi o‘zbek maktabiga ko‘chirilgan va “3-internatsional” o‘zbek hamda qirg‘iz tilli makitabga aylantirilgan.
Maktab o‘qituvchilariga ko‘ra, shu yilning 1-sentabr kuni o‘zlarini maktabga yangi ko‘chirilgan qirg‘iz sinflari o‘quvchilarining ota-onalari deb tanishtirgan bir guruh shaxslar maktab direktorini qirg‘iz milatidagi o‘qituvchidan tayinlanishini talab qilib, matabda janjal ko‘targan. Maktab o‘qituvchilariga ko‘ra bu janjal bir necha kundan beri davom etmoqda:
- Maktabda “Direktor almashsin, kollektiv yangilansin”, deb talab qilishyapti.
Ozodlik: boshqa o‘zbek o‘qituvchilar kelsin deyishyaptimi yoki qirg‘iz o‘qituvchilarmi?
- Qirg‘iz o‘qituvchilar. O‘zlaridan ham olib kelishgan. Kechadan beri aralash maktab qilamiz deyishyapti. Biz aralash maktab qilishga rozimiz, lekin ularning xatto o‘qituvchilari o‘qituvchilarimizni, o‘quvchilari o‘quvchilarimizni hurmat qilishmayapti. Ishlashning imkoni bo‘lmayapti.
Ozodlik: Hozir ana shu maktab o‘quvchilari sizlarning maktabinglarga o‘qishga kelganmi?
- Ha o‘qishyapti. Xonalarda o‘tirishibdi. O‘qituvchilari bez prikaz o‘tirib dars berishayapti,- dedi maktab o‘qituvchisi Shohida Gapirova.
Sobiq Xamid Olimjon maktabi o‘qituvchilariga ko‘ra, 1-sentabr kuni maktabga kelgan shaxslar maktab direktori xonasida direktor o‘rinbosari Shohida Gapirovani kaltaklashgan. O‘qituvchilardan yana birini voqeani kuzatib turgan militsiya hodimi qo‘lini qayrib, eshikka turib chiqargan va devorga taqab qo‘ygan. Natijada ushbu o‘qituvchi xushidan ketgan. O‘qituvchilar uni kasalxonaga olib borishgan, oradan ikki soat vaqt o‘tib o‘qituvchi o‘ziga kelgan.
O‘z ismini aytmaslik sharti bilan Ozodlik bilan suhbatlashgan, militsiya xodimi qo‘pol munosatabda bo‘lgan o‘qituvchi ayolga ko‘ra, u voqeaning ertasi kuni kasalxonaga borib tibbiy hulosa berishlarini so‘ragan. Biroq shifokorlar tibbiy hulosa yozib berishdan bosh tortishgan.
Unga qo‘pol munosabatda bo‘lgan militsiya xodimi esa 2 sentabr kuni uni qishloq militsiya bo‘limiga chaqirgan:
- Chaqirtirishgan edi, direktorimiz bilan bordik. Menga “Tushuntirish xati yozasan”, dedi. Men bo‘lgan voqeani yozib berdim. Keyin menga “Sen meni pogonimni yulib olding, qo‘llarimni tirmalab tashlading”, dedi. Men qo‘lim to‘rtta emas, qo‘limni ushlab turgan bo‘lsang qanday qilib seni uraman dedim. Oldimda shuncha o‘qituvchi, guvoh bor edi desam, “Men seni jazoga tortiraman, seni 7 yilga qamatib, ishdan haydataman”, deb meni qo‘rqitdi, - der ekan suhbatdoshimiz o‘ziga taxdid qilgan militsiya hodimining ismi Begali ekanini qo‘shimcha qildi.
O‘z ismini oshkor qilishni istamagan maktab o‘qituvchilaridan yana biri maktab direktorini ishdan olishni talab qilib maktabga kelayotganlar guruhlarga bo‘linganini aytadi:
- Darsni boshlaylik, normalniy ishlaylik deb tursak shifokorlar kelib direktorni almashtirishasan deb talab qilayapti. Ular bilan gap tugamay turib maxalladan magazinchilar kelishdi, guruh-guruh bo‘lib to‘planib kelishyapti-da bular.
Ozodlik: Butun Modi qishlog‘i sizlarga qarshimi?
- Modi qishlog‘i emas, millatchilik bo‘lyapti bu yerda. To‘planib kelayotganlarning orasida o‘zbeklar yo‘q-da, - dedi yana bir suhbatdoshimiz.
Ushbu voqeani O‘shdagi ayrim huquqni himoya qilish tashkilotlari ham nazorat qilmoqda. Maktabga borib, o‘qituvchilar va norozi ota-onalar bilan shaxsan uchrashib gaplashgan o‘shlik huquq himoyachisi Izatillo Raxmatullayevning aytishicha, mazkur voqeani milliy nizo deb bo‘lmaydi:
- Hukumatni qirg‘iz-o‘zbek maktablarini birlashtirib o‘qitish bo‘yicha dasturlari bor ekan. Hamid Olimjon maktabiga qirg‘iz maktabidan 3 ta sinfni ko‘chirib olib kelishibdi. Bu yerda o‘quvchilar orasida xech qanday konflikt yo‘q. Faqatgina pedagogik kollektiv o‘rtasida kelishmovchilik bor. O‘zbek o‘qituvchilari o‘zlari o‘rganib qolgan muxitni o‘zgartirgisi kelmayapti. Yangi kelgan qirg‘iz o‘qituvchilari bu yerda o‘zlarini hukumron sezayapti. O‘rtada shunday mojarolar yuzaga kelyapti, -dedi huquq faoli.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, bugun maktabda qirg‘iz va o‘zbek o‘qituvchilari hamda mahalliy rasmiylar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Mazkur yig‘ilishda maktab direktori o‘rinbosarlaridan biri Shohida Gapirova ishdan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga qirg‘iz millatiga mansub o‘qituvchini tayinlash rejalashtirilgan.