Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 17:38

"Menga uying turma, deb aytishdi"


O‘zbekistonlik qochqin Ahmadjon Normirzayev Moskvada barmen bo‘lib ishlaydi.
O‘zbekistonlik qochqin Ahmadjon Normirzayev Moskvada barmen bo‘lib ishlaydi.
Ozodlik rus xizmati (Svoboda) Rossiyada siyosiy boshpana qidirgan kishilar taqdiri haqida turkum dasturlar tayyorladi. Turkumning ilk qahramoni O‘zbekiston huquq-tartibot organlarining sobiq xodimi Ahmadjon Normirzayevdir.

Rossiya 1951 yilgi qochqinlar haqidagi konventsiyani qabul qilgan. Mazkur hujjatga muvofiq Rossiya Federatsiyasi tegishli shaxslarga qochqinlik maqomini berish mas‘uliyatini o‘z zimmasiga olgan. Biroq shu kunga qadar Rossiyada 800 ga yaqin odam qochqin deb tan olingan xolos.

Lekin qonunda belgilangan yordam ham har doim ko‘rsatilmaydi. Rossiya rasmiylariga murojaat qilganlar ba‘zan bedarak yo‘qolib ketadi, ta‘qib qilinadi... Eng muhimi, Rossiya biror shaxsga nisbatan vatanida qiynoq yoki boshqa turdagi noinsoniy munosabat tahdidi bo‘lsa, ularni qaytarmaslikni ko‘zda tutuvchi konventsiyaning 33-moddasini qo‘pol tarzda buzib keladi. Boz ustiga bu odamlar takr etgan mamlakatlar maxfiy xizmatlarining xodimlari Rossiya hududida bemalol harakat qilishi ma‘lum.

Qochqinlarning taqdirini, ko‘p hollarda, Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi hal qiladi.

Svoboda radiosi "Vremya i mir" dasturining ilk qahramoni – Ahmadjon Normirzayev.

"Теперь я барменом в Москве"
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:01 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG