Линклар

Шошилинч хабар
30 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:24

200 fransuz askari Afg‘onistonni tark etdi


Fransiyaning 200 ga yaqin askari Kobulni tark etdi.

Bu Afg‘onistondan olib chiqilgan frantsuz qo‘shinlarining ilk partiyasi bo‘ldi. Fransiya 2014 yilgacha bosqichma-bosqich barcha qo‘shinlarini olib chiqish rejasini elon qilgan.

2012 yilning oxiriga qadar Fransiyaning 4500 ming kishilik qo‘shinlaridan choragi Afg‘onistonni tark etishi rejalashtirilgan.

Fratsiya Mudofaa vaziri Jerar Longe joriy yil oxiriga qadar Afg‘onistonni mingga yaqin frantsuz askari tark etishini ma‘lum qildi. Fransuzlar o‘rnini afg‘on qo‘shinlari egallaydi, deya qo‘shimcha qildi u.

2014 yilning oxirigacha NATO harbiy missiyasining ham tugashi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG