O‘zbekiston Milliy terma jamoasi futbolchisi, hozirda qozog‘istonning "Jetisuv" jamoasida o‘ynayotgan 32 yoshli Ulug‘bek Baqoyev Birlashgan Arab Amirliklarining "Dubay Klub" jamoasi bilan ikki yillik shartnomani imzoladi.
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, "Jetisuv" jamoasida 20-raqam ostida to‘p surgan Ulug‘bek Baqoyev "Dubay Klub"da ham aynan 20-raqam ostida o‘ynaydi.
So‘nggi ikki yil davomida Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘istonning eng yaxshi hujumchisi bo‘lib kelgan va 2010 yilda Qozog‘istonda eng yaxshi xorijlik futbolchi maqomiga ega bo‘lgan.
Buxoro shahrida tug‘ilib o‘sgan Ulug‘bek Baqoyev “Buxoro” klubi orqali futbol olamiga kirib kelgan.
2001 yil O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga qabul qilingan Ulug‘bek Baqoyev 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol muallifi bo‘lgan.
Baqoyevning O'zbekiston Milliy terma jamoasi sagfida o'tkazgan eng esda qoladigan o'yinlaridan biri Qatarda o'tgan Osiyo kubogi chorak finalida Iordaniyaga qarshi o'tgan o'yindir. Bu o'yinda Ulug'bek Baqoyev dubl ijro etib, terma jamoamizni yarim finalga olib chiqgan edi.
"Yosh to'lqin" tahririyati yangi klubga o'tgan Ulug'bek Baqoyevga omadlar tilab qoladi.