Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:53

Farg‘ona taksilari sariqqa bo‘yaladi


O‘zbekiston taksi sohasini isloh qilishda xorij tarjibasiga tayanayotgani aytiladi.
O‘zbekiston taksi sohasini isloh qilishda xorij tarjibasiga tayanayotgani aytiladi.
15 noyabrgacha Farg‘onadagi barcha taksi mashinalari sariq rangga bo‘yaladi.

Uzinform.uz sayti xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "Farg‘ona avtotexxizmat-F" tashkilotiga belgilangan muddatgacha viloyatdagi taksi yo‘nalishida yurgan barcha avtomobillarni sariqqa bo‘yash topshirilgan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Yo‘llardagi taksi faoliyatini tartibga solish choralari” to‘g‘risida qaroriga ko‘ra, mamlakatda taksi islohoti amalga oshirilmoqda.

Ushbu qarorda qayd qilinishicha, endilikda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi taksilar sariq rangda, Toshkentda esa qaymoq rangida bo‘lishi shart.

Ayni paytda toshkentlik yo‘lovchilar taksi islohotlari natijasida yo‘l haqlari qimmatlab borayotganidan shikoyat qilmoqdalar.
XS
SM
MD
LG