Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:56

Tojikistonda qamalgan rus uchuvchilari ozod qilindi


22 noyabr kuni Xatlon viloyat sudi Rossiya va Estoniya fuqarolari bo‘lgan ikki rus uchuvchisini ozod qildi.

“Rolkan” shirkati uchuvchilari rossiyalik Sadovnichiy va Estoniya fuqarosi Rudenko shu yilning 12 martida chegarani noqonuniy kesib o‘tganlik, kontrabanda va xalqaro parvoz me‘yorlarini buzganlik aybi bilan Qo‘rg‘ontepa shahrida xavfsizlik xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

8 noyabr kuni Qo‘rg‘ontepa sudi rus uchuvchilarining har birini 8,5 yildanga ozodlikdan mahrum etgandi.

Kreml rasmiy Dushanbedan Sadovnichiy va Rudenkoga nisbatan hukm bekor qilinib, ular zudlik bilan qo‘yib yuborilishini talab qildi.

Tojikiston Moskva talabini bajargunicha yuzlab tojikistonlik mehnat muhojirlari Rossiya hududidan haydaldi.
XS
SM
MD
LG