Shotlandiyada Facebook orqali ommaviy tartibsizliklar uyushtirmoqchi bo'lgan ikki o'spirin uch yilga qamaldi.
Bi-Bi-Si tarqatgan xabarga ko'ra, 16 yoshli Shaun Divin va 18 yoshli Jordan MakGinleylar Facebookda ochilgan "Riot in the toon" (Shaharda tartibsizlik) nomli guruhni boshqarib borishgan. Guruhda ular joriy yilning avgust oyida Dandi (Dundee) shahrida tartibsizliklarni boshlash, politsiyaga hujum qilish, do'konlarni o'marish va "ahmoqlarni o'ldirish" ga chaqirganlar.
Guruhga qisqa muddat ichida 200 dan ziyod Faceboo foydalamuvchisi a'zo bo'lganligi aytilmoqda. O'spirinlarga ko'ra esa, ular bu guruhni "hazillashish uchun" ochishgan va ularning yomon niyatlari bo'lmagan.
Dandi sudyasi esa bu "hazil"ni tushunmagan ko'rinadi. O'spirinlarning Facebookdagi guruhini "o'ta jiddiy oqibatlarga olib keluvchi harakat" deya atagan sudya, ikkala sudlanuvchining har birini uch yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.
Eslatamiz, 2011 yilning yozida Angliyaning bir qator shaharlarida katta talafotlarga sabab bo'lgan tartubsizliklar uyushtirilgan edi. Tartibsizliklar tashkilotchilari va ishtirokchilari o'z harakatlarini muvofiqlashtirishda Facebook va boshqa internet itjimoiy tarmoqlaridan faol foydalanishgan.