Asli o‘zbekistonlik rus oligarxi o‘ziga qarashli “Kommersant-Vlast” jurnali rahbariyatni ishdan bo‘shatishini nashr jurnalistlarining "mayda bezorilik"ka qo‘l urgani bilan izohladi. Rus matbuotida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan iste‘folarga jurnalning so‘nggi sonida Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putinni "tahqirlovchi" va milliarder Alisher Usmonovga yoqmagan fotosuratlar chop etilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Kommersant-Vlast” jurnalining 12 dekabr kungi soni deyarli to‘liq Rossiyada 4 dekabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlariga bag‘ishlandi. Jurnalning “Pobeda yedinovbrosov” (Yakka qalloblik g‘alabasi - tahr.) deb nomlangan bosh maqolasi saylovlarda kuzatilgan ko‘plab qonunbuzarlik va qallobliklarga bag‘ishlandi.
Ayrim ma‘lumotlarga ko‘ra, "Kommersant‘" xoldingi xo‘jayini Alisher Usmonov jahli chiqishiga jurnalda, uning ta‘biriga ko‘ra, Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putinni "tahqirlovchi" fotosuratlar sabab bo‘lgan.
“Bu materiallar mayda bezorilikku”, deya izohladi Alisher Usmonov xolding bosh direktori Andrey Galiyev va "Vlastь" jurnali bosh muharriri Maksim Kovalьskiyni ishdan haydaganini. Oligarx hatto Maksim Kovalskiyni sudga berish bilan ham tahdid qildi.
“Kommersant‘” Nashriyot uyi bosh direktori Demьyan Kudryavtsev ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza topshirgani ham ma‘lum bo‘ldi. O‘zining internet blogida Kudryavtsev jurnalning 49-sonida chop etilgan materiallar uchun barcha mas‘uliyatni o‘z zimmasiga oldi va o‘quvchilar va hamkorlardan kechirim so‘radi.
Lekin “Exo Moskvi” radiosining xabariga ko‘ra, Kudryavtsev iste‘fosi Alisher Usmonov tomonidan qabul qilinmagan.
Ishdan bo‘shatilgan “Kommersant-Vlast” jurnali bosh muharriri Maksim Kovalьskiy Ozodlik Radiosi bilan suhbatda nashrning asosiy vazifasi rahbariyat emas, balki jurnal o‘quvchilari manfaatlariga xizmat qilishdir, deydi.
- Hammasi Putinni “uzoqroqqa” jo‘natayotgan byulleten fotosidan boshlandi. Londondagi elchixonada ovoz bergan saylovchilardan biri byulletenda shunday yozuvni qoldiribdi. Undan tashqari u byulletenda “Yabloko” partiyasiga ovoz berib, belgi qo‘ygan. Qonunga xilof ravishda bu byulleten haqiqiy deb hisobga olinmadi. Biz bu qonunbuzarlik haqida xabar berdik, xolos. Bilishimcha, bu bir bahona bo‘ldi. Usmonov mening ishdan bo‘shatilishimni oldindan hal etib bo‘lgan edi. Demyan Kudryavtsev esa kechirim so‘rab albatta o‘zining shaxsiy fikrini bildirdi, meniki o‘zgacha, deydi Rossiyada eng nufuzli nashrlardan biri sanalgan “Kommersant-Vlast” jurnalining sobiq bosh muharriri Maksim Kovalskiy.
Maksim Kovalskiy aytayotgan “Yablochniy puy” maqolasidagi shov-shuvga sabab bo‘lgan fotosurat hozir olib tashlangan.
Qator jurnalistlar uyushmalari nashriyotning top-menejerlari ishdan bo‘shatilganiga salbiy munosabat bildirmoqda.
Jurnalistlarga bosim o‘tkazilayotganini siyosiy sabablar bilan bog‘lagan Moskva Jurnalistlar xartiyasi va Rossiya Jurnalistlar ittifoqi Alisher Usmonovning bunday hatti-harakatlarini qoraladi.
Rossiya Jurnalistlar ittifoqi raisi Vsevolod Bogdanov Ozodlik bilan suhbatda bunday janjalning o‘ta printsipialligi va erkinligi bilan boshqa nashrlardan ajralib turgan “Kommersant”da sodir bo‘layotganidan chuqur taassuf bildirdi.
- Men Alisher Usmonov haqida bilganlarimdan xulosa qilib aytishim mumkinki, uning buyruq berish imkoniyati cheklangan. Lekin agarda haqiqatan jurnalistlar Usmonov talabi bilan ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa, bu achinarli hol. Boshqa tomondan, Rossiya siyosati, biznesi v hatto jurnalistikasida so‘nggi paytlarda yagona “popsa”, ya‘ni hayotga bo‘lgan yengil-elpi munosabat shakklanib qolgani sezilmoqda. O‘z ishining mutahassislari yo‘qolib bormoqda. “Kommersant” rahbariyatining ishdan olib tashlanishi menga reklamadek tuyulyapti, hozir hamma faqat shu jurnal haqida gapiradii, qiziqish ortadi. Lekin bunday soxta reklama boshqa jurnalistlarning faoliyatiga o‘ta salbiy ta‘sir qilayotganini esdan chiqarmasligimiz kerak, deydi jurnalistlar ittifoqi rahbari Vsevolod Bogdanov.
Bogdanov jamiyatning obro‘li jurnallaridan bo‘lgan “Kommersant” egalariga jurnalistlarga bosim qilmaslikka, jurnalistlarni esa ichki nazoratni kuchaytirishga, ya‘ni vijdonli bo‘lishga chaqirdi.
“Kommersant” Nashriyot uyi “Kommersant” gazetasi qoshida 1989 yilda tashkil topgan. 2006 yilda u rossiyalik milliarder Alisher Usmonov tomonidan sotib olingan. Xolding tarkibiga “Kommersant” va “Kommersant-Ukraina” gazetalari, “Vlast”, “Dengi”, “Ogonyok” jurnallari, “Gazeta.ru” internet nashri kiradi.
Parlament saylovlarida kuzatilgan qonunbuzarliklar haqida maxsus loyiha chop etgan “Gazeta.ru” internet nashri bosh muharririning birinchi muovini Roman Badanin ham shu yilning dekabr boshlarida ishdan bo‘shatilgan edi.