Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:21

UNISEF O‘zbekistonda yangi resurs markazi ochdi


Wikileaks sayti UNICEF O‘zbekistondagi majburiy bolalar mehnati bilan bog‘liq muammo ko‘lamini pasaytirib ko‘rsatishga uringanini fosh etgan edi.
Wikileaks sayti UNICEF O‘zbekistondagi majburiy bolalar mehnati bilan bog‘liq muammo ko‘lamini pasaytirib ko‘rsatishga uringanini fosh etgan edi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda resurs markazi tashkil etildi.

O‘zA ma‘lumotiga ko‘ra, yangi resurs markazi bolalar huquqlari masalalari bo‘yicha davlat xizmatchilarini tayyorlash, ularning bu boradagi bilimini oshirish maqsadida ochilgan.

Ko‘plab xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini bolalar mehnatidan foydalanishda ayblab keladi.

Huquq faollariga ko‘ra, har yili O‘zbekiston hukumati butun mamlakatdagi maktablardan ikki millionga yaqin bolalarni paxta dalalariga safarbar qilib, ularni paxta terishga majburlaydi.

Avvalroq Wikileaks Internet sayti orqali oshkor etilgan maxfiy diplomatik hujjatlarda UNICEF O‘zbekistondagi majburiy bolalar mehnati bilan bog‘liq muammo ko‘lamini pasaytirib ko‘rsatishga uringani fosh etilgan edi.

"Aftidan, tashkilot O‘zbekiston hukumati bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun shunday qadamga borgan", deb yozgan edi bu haqda Eurasianet nashri.

Wikileaks ochiqlagan hujjatlarga UNICEF tashkiloti munosabat bildirmadi.
XS
SM
MD
LG