Google shirkatining "Transparency report" nomli yangi hisobotida Internetga qo‘yilgan materiallar, ayniqsa, videomateriallarni olib tashlash haqidagi so‘rovlar nafaqat tsenzura mavjud avtoritar hukumatlardan balki, G‘arbdagi demokratik davlatlar tomonidan ham kelib tushgani bildirilgan.
Hisobotda Ispaniya rasmiy tizimlarining Google shirkatidan hukumat rasmiylarni tanqid qiluvchi 270 ta blog va maqola Internetdan olib tashlanishini so‘rab murojaat qilgani¸ biroq bu iltimos bajarilmagani qayd etilgan.
Hisobotga ko‘ra, AQSh turli sabablarga ko‘ra 187 ta materialning Internet qidiruv tizimidan olib tashlanishini so‘ragan va Google bu so‘rovning faqat 42 foizini bajargan.
Google shirkati Pokiston rasmiylarini hajv qiluvchi oltita videolavha Internetdan olib tashlanishi haqidagi Islomobod iltimosini qondirmagan.
Britaniya politsiyasi terrorizmni targ‘ib qiluvchi, deb oltita videorolikni YouTube dan olib tashlashni Google dan iltimos qilgan. Shirkat politsiya so‘rovini bajargan.
Turkiya hukumati mamlakat asoschisi Mustafo Kamol Otaturkni haqorat qiluvchi 149 ta videorolik YouTube dan olib tashlanishini Google dan so‘raganidan so‘ng shirkat o‘sha videoroliklarni Turkiya hududida ochilmaydigan qilib qo‘ygan.
Google shirkati chiqargan hisobotda 2011 yilda Rossiya hukumatining Internetga qo‘yilgan materiallarni olib tashlashni so‘rab murojaat qilmagani bildirilgan.
O‘tgan yil davomida O‘zbekiston ham Internetdan materiallar olib tashlanishini so‘rab Google shirkatiga murojaat qilmagan.
Qarorgohi Parijda joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti O‘zbekistonda axborot vositalari, jumladan, Internet ustidan nazorat o‘rnatilgani bois mamlakatni “Internet dushmanlari” ro‘yxatiga kiritgan.
Tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Yohan Bihr Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston hukumati Internetdan ayrim materiallarni olib tashlashni so‘rab Google ga murojaat qilmaganini O‘zbekistonda muxolifatga tegishli saylar, inson huquqlari va hukumatni tanqid qiluvchi maqolalarga allaqachon to‘siq qo‘yilgani bilan izohladi.
- O‘zbekiston hukumati Internetni o‘zi nazorat qilgani uchun, aftidan, muammoli materiallarni Google tsenzura qilishini so‘rashga ehtiyoj bo‘lmagan yoki ular kutishni xohlamagan, deydi Yohan Bihr.
Demokratik davlatlar ayrim materiallar Internetdan olib tashlanishini Google dan iltimos qilgani yuzasidan tashvish bildirgan Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining YangiMedia bo‘limi boshlig‘i Lyusi Morilon O‘zbekiston ayni masala borasida Google ga murojaat qilmaganini Internetni nazorat qilishga o‘z vositasiga ega bo‘lgani bilan izohladi.
- Birinchidan Google ga murojaat qilish uchun ular ehtiyoj sezmagan. Boisi ular jamoatchilik kirmasligi kerak deb hisoblaydigan inson huquqlari yoki erkin ma‘lumot tarqatuvchi satlarga allaqachon to‘siq qo‘ygan.
Ular Internetni nazorat qilish uchun o‘z vositasiga ega bo‘lgani uchun Google ga murojaat qilishni o‘rinsiz deb hisoblagan bo‘lsa kerak, - deydi Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti rasmiysi.
Ayni paytda, Google shirkatining mualliflik huquqlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlaridan biri Fred von Lohman 2011 yilda 3 million 300 mingta shirkat va yakka shaxs mualliflik huquqlariga zid bo‘lgan materiallar Internetdan olib tashlanishini iltimos qilib Google ga murojaat qilgani va so‘rovlarning 97 foizi qondirilganini bildirdi.