Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:50

Plastik kartalardan pul o‘margan xakerlar ushlandi


AQSh hukumati o‘g‘irlangan plastik kartalar va bank rekvizitlaridan pul o‘marib kelgan halqaro xakerlar tarmog‘i fosh qilinganini ma‘lum qildi.

26 iyun kuni hibsga olingan 24 xakerning 11 AQSh da, qolganlari Buyuk Britaniya, Yaponiya va boshqa davlatlarda istiqomat qilishi aytilmoqda.

Hibsga olinganlarning yoshi 18 dan 25 gacha.

Ikki yil davom etgan qidiruv ishlarida Federal Qidiruv Byurosi agentlari Internet forumlari orqali xakerlar tarmog‘iga singdirilgan.

Muvaffaqiyatli yakunlangan amaliyot yordamida 411 ming dona plastik kartadan 205 million AQSh dollari o‘g‘irlanishining oldi olingani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG