Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi o‘yinchilaridan biri Azizbek Haydarov bugun Frantsiyada jarrohlik stoliga yotadi.
Haydarov bir necha oy oldin o‘zi faoliyat yuritayotgan Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida oyog‘idan jarohat olgan edi. Iyun boshida o‘tgan O‘zbekiston-Eron uchrashuvidan so‘ng uning jarohati kuchayib ketgan va futbolchi endi operatsiya stoliga yotishga majbur.
Futbolchining agenti San‘at Sharipov o‘z Twitter sahifasida xabar berishicha, "Al Shabob" klubi o‘yinchisi Haydarov bugun kunning birinchi yarmida operatsiya qilinadi.
- Azizbek Haydarov yakshanba kuni peshinda "De Bersi" klinikasiga ko‘chirildi. Bugun xamshiralar yordamida jarroxlik amaliyotidan oldin topshirilajak analizlarni topshirdi. Ertaga kunning birinchi yarmida operatsiya qilinadi. Azizni qo‘llab-quvatlayotganlarga raxmat!”, deb yozadi futbolchi bilan Frantsiyada birga bo‘lgan San‘at Sharipov.
2009-2011 yillarda Toshkentning "Bunyodkor" klubida o‘ynagan Azizbek Haydarov 2011 yili Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Shabob" klubiga o‘tgan edi.