Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, 25 iyul kuni olingan doping test natijasi Luiza Galiulinaning organizmida ta‘qiqlangan furosemid moddasi borligini ko‘rsatgan.
20 yoshli Luizaning Olimpiada musobaqalarida ishtirok etish-etmasligi haqidagi uzil-kesil qaror ikkinchi doping test natijasi ma‘lum bo‘lganidan keyin qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik mashhur dzyudochi Abdulla Tangriyev qonida nasha asoratlari aniqlangani uchun Londondagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnasha olmasligi e‘lon qilingandi.
Ayni paytda 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi bokschilar jangida yakshanba kuni Fazliddin G‘oibnazarov kamerunlik Iyachinte Mevoli Abdunni 11:6 hisobida mag‘lub qilib, keyingi bosqichga o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
1/16 finalda Fazliddin AQShdan kelgan bokschi Xose Ramirizaga qarshi ringga tushadi.
Shuningdek, 29 iyul kuni London olimpiadasi doirasida 66 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilarning nimchorak kurashida Mirzohid Farmonov bitta "ippon" va bitta "yuko" bilan liviyalik Muhammad Kaves ustidan g‘alaba qozondi. Biroq chorak finalda Farmonov janubiy koreyalik Cho Jun Xoga "yuko" bilan yutqazdi.
Uch urinishda 145 kilogrammni ko‘tara olmagan og‘ir atletikachi Ruslan Makarov esa Olimpiada o‘yinlarini tark etadigan bo‘ldi.
Olimpiadaning dastlabki kunida 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi dzyudochilar kurashida ikki karra jahon chempioni, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasining bronza medali sohibi Rishod Sobirov O‘zbekiston olimpiya jamoasiga ilk medalni olib kelgandi.
Sobirov finalga chiqish uchun bo‘lgan kurashda rossiyalik dzyudochi Arsen Galstyanga g‘alabani boy berdi.
Bronza medali uchun kurashda Rishod Sobirov frantsiyalik Sofiane Milouni mag‘lub etdi.
56 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi bokschilar jangida 28 iyul kuni o‘zbekistonlik Orzubek Shoimov braziliyalik raqibi Viyeyre de Xesusu Robenilsonga 7:13 hisobida boy berdi.
75 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi bokschilar o‘rtasidagi jangda O‘zbekiston olimpiya jamoasi a‘zosi, ikki marta jahon chempioni Abbos Atoyev marokashlik raqibi Badriddin Haddiouni 11:9 hisobida yutib, navbatdagi davra bellashuviga yo‘llanma oldi.
Atoyev 2 avgust kuni o‘tgan yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi ruminiyalik Bogdan Juratonga qarshi ringga tushadi.
Orzubek Shoimovning mag‘lubiyatidan so‘ng Olimpiada oltin medali uchun kurashni o‘zbekistonlik besh nafar bokschi davom ettiradi.
Miltiqdan otish bo‘yicha o‘tkazilgan kvalifikatsiya bellashuvida O‘zbekiston olimpiya jamoasi a‘zosi Sokina Mamedova 56 mergan ichida 49 o‘rinni egallab Olimpiada medali uchun kurashda qatnashish imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasining yana bir a‘zosi Sergey Lagutin velosport bo‘yicha guruhli shosse poygasida g‘olibdan 8 soniya ortda qolib, beshinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur poygada qozog‘istonlik mashhur velosportchi Aleksandr Vinokurov 250 kilometr masofani 5 soat 45 daqiqa 57 soniyada bosib o‘tib, Qozog‘iston olimpiya jamoasiga birinchi va hozircha yagona bo‘lgan oltin medalni keltirdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi sportchilar bellashuvida O‘zbekiston olimpiya jamoasi a‘zosi Marina Sisoyeva birinchi va ikkinchi urinishda 79 kilogrammli shtangani dast ko‘tara olmadi. Uchinchi urinishda 80 kilogrammlik shtanga ham o‘zbekistonlik yosh sportchiga bo‘ysunmadi. Shu vajdan Sisoyeva ham bundan buyon Olimpiada bellashuvini davom ettira olmaydi.
Asnoda tennis bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi raketkasi, ATR reytingi bo‘yicha dunyoda 34-o‘rinni egallab turgan Denis Istomin London Olimpiadasidagi ilk o‘yinda dunyoning 17-raketkasi, ispaniyalik Fernando Verdaskoni ikkita setda mag‘lubiyatga uchratib, keyingi davrada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.