Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 16:56

London-2012: To‘rtinchi kun ham O‘zbekiston uchun yutuqlarga boy bo‘lmadi


Londonda o‘tayotgan XXX Yozgi Olimpiada o‘yinlarining to‘rtinchi kuni ham O‘zbekiston jamoasi uchun yutuqlarga boy kelmadi.

81 kg vazn toifasida kurash olib borayotgan dzyudochi Yahyo Imomov ikkinchi bosqich uchrashuvida janubiy koreyalik Kim Je Bumga mag‘lub bo‘ldi va musobaqadan chiqdi.

Og‘ir atletika musobaqalarida qatnashayotgan Bahrom Mendiboyev 135 kilogrammlik shtangani uchchala urinishda ham ko‘tara olmadi. U ham bellashuvdan chiqdi.

Olimpiadaning to‘rtinchi kunida muvaffaqiyatga erishgan yagona o‘zbek sportchisi 21 yoshli bokschi O‘ktamjon Rahmonov bo‘ldi.

64 kg vazn toifasida bellashayotgan Rahmonov dastlabki bosqichda ekvadorlik Andersen Royas-Mina ustidan 16:10 hisobida g‘alaba qozondi.

4 avgust kuni o‘tadigan 1/16 final bosqichida O‘ktamjon Rahmonov turkiyalik tengdoshi Sener Yakup bilan bellashadi.

Eslatamiz, Olimpiya o‘yinlarining bugingi bellashuvlarida O‘zbekiston sha‘nini dzyudochi Dilshod Choriyev, qilichboz Ruslan Kudayev va tennischi Denis Istominlar himoya qilishadi.

Denis Istomin va birinchi raketka Rojer Federer o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da O‘zbekistonning “Sport” telekanali orqali jonli ravishga efirga uzatiladi.
XS
SM
MD
LG