London Olimpiadasida Rishod Sobirov bronza medalni qo‘lga kiritgan kun u tug‘ilib o‘sgan Buxoroning Jondor tumanidagi Burbog‘i qishlog‘ida haqiqiy bayram bo‘ldi.
Rishodning otasi Rashid akaning Ozodlikka aytishicha, qishloq ahli hanuz o‘g‘lining muvaffaqiyatini to‘ylayapti.
Lekin Rashid akaning o‘zi o‘g‘lining oltin medal olishiga umid qilgandi.
- Men birinchi o‘rinni olishini kutgandim. O‘zi ham oltin medal olib kelaman degandi. U har doim oltin medal olib kelardi. Bu safar ham medali oltin bo‘ladi deb o‘ylagandim. Bronza medal bo‘lganiga boshida hafa bo‘ldim. Lekin keyin baribir xursandchilik qildik, deydi Rashid Sobirov.
25 yoshli Rishod so‘nggi ikki yil mobaynida ikki marta jahon chempioni bo‘ldi, ikki marta otasini oltin medal bilan xursand qildi.
To‘rt yigitning otasi 54 yoshli Rashid aka o‘g‘illarining barchasi bobosi singari kurashchi bo‘lganidan faxrlanadi.
Rashid Sobirov bilan suhbatni quyida tinglang:
11 yoshida dzyudo bilan shug‘ullanishni boshlagan Rishod 20 yoshida Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi.
Rishod 2008 yildagi Pekin Olimpiadasida ham bronza medalni qo‘lga kiritgan.
U 2010 yilda Tokiodagi chempionat va 2011 yilda Parijdagi chempionatda ketma-ket oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra jahon chempioniga aylandi.