Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:14

Odil Ahmedov jarrohlik stoliga yotdi


Odil Ahmedov
Odil Ahmedov
O'zbekiston terma jamoasining faol o'yinchilaridan biri, Maxachqal'aning "Anji" futbol klubining yarim himoyachisi Odil Ahmedov 21 avgust kuni Germaniyada to'pig'idan operatsiya qilindi.

"Anji" klubi sayti ma'lum qilishicha, Myunxen shahridagi kasalxonada o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tgan va Odil 23 avgust kuni Rossiyaga qaytadi.

Ahmedovinng to'la oyoqqa turib ketishi uchun 6-8 hafta vaqt kerak bo'lishi aytilmoqda.

24 yoshli Odil Ahmedov Yevropa ligasi o'yinlari doirasida Gollandiyaning "Tvente" klubiga qarshi o'tgan uchrashuvning 18-daqiqasida oyog'idan jarohat olgandi.

Afsuski, yarim himoyachi Odil Ahmedov 10 sentabr kuni Toshkentda o'tadigan JCh-2014 saralash o'yinlari doirasidagi O'zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.
XS
SM
MD
LG