Yarim yil davomida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga uchta qo‘shiq bag‘ishlab, video kliplar yaratgan tojikistonlik qo‘shiqchi Tolibjon Qurbonxonov Ozodlik savollariga javob berdi.
O‘zini Vladimir Putinning ashaddiy muhlisi deb biladigan dushanbelik Tolibjon Qurbonxonov yaratgan qo‘shiqlar haqida Ozodlik bir necha marta xabar bergan edi.
Rossiya Internet olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kliplari bilan nom qozongan Tolibjon Ozodlik bilan bo‘lgan suhbatda Putinga bag‘ishlab yozilgan uchinchi qo‘shiq paydo bo‘lishi tarixini gapirib berdi.
- Bu yerda ramziy ma‘no bor. Birinchi qo‘shiq 7 fevral kuni – Rossiyadagi saylovlardan (tahr.-prezident saylovlari) rosa bir oy oldin paydo bo‘ldi. Ikkinchi qo‘shiq roppa-rosa prezident inauguratsiyasidan bir hafta oldin yaratildi – bu ham 7 raqami. O‘ylab turib men yangi qo‘shiqni 7 sentyabr kuni, ya‘ni Oliy Bosh qo‘mondonimiz Putin yubileyidan bir oy oldin chiqarishga qaror qildim, deydi Tolibjon Qurbonxonov.
Ozodlik muxbiri bilan faqatgina rus tilida gaplashishga rozi bo‘lgan qo‘shiqchi o‘z ijodini siyosatga qaratgani sabablarini ham tushuntiradi. “Men birinchi qo‘shiqlarim bilan bilan, oz bo‘lsa-da, Putinning hokimiyat tepasiga qaytishiga ko‘maklashmoqchi bo‘ldim”, deydi Putin maddohi Qurbonxonov.
- Rossiya prezidenti, aslini olganda, mening ko‘magimga muhtoj emas, lekin tojik tilidagi maqol bilan gapiradigan bo‘lsam “musichadan bir yordamda” bu. Meni Putin bilan solishtiradigan bo‘lsak, men fil oldidagi bir chumoliman. Men shunchaki uning siyosiy raqiblariga qarshi kurashda o‘z qo‘shiqlarim bilan ko‘maklashish niyatidaman. Chunki uning Rossiya uchun qilganlari beqiyos: kasodga uchragan Rossiyani tikladi, qisqa muddatda siyosat, iqtisod, harbiy sohada yuksalish yaratdi. Hanuzgacha uning buyukligini tushunmayotgan noshukur odamlar borligiga qoyil qolaman, deydi Qurbonxonov.
Tolibjon Vladimir Putinga bo‘lgan qiziqishi maktabni tugatayotgan davrdan boshlanganini aytadi. U har bir insonning o‘zi uchun o‘rnak bo‘la oladigan shaxsi bo‘lishi kerak, deydi.
- Har birimizning qalbimizda qandaydir qahramonlar yashaydi: kimdir kinoaktyorni yoki sportchini tanlaydi. Busiz, menimcha, yashashning ham hojati yo‘q. Axir biz kimgadir taqlid qilishimiz, qandaydir maqsadlarga intilishimiz kerak. Putinni esa men o‘smirligimdan kumir sifatida tanladim. Men siyosatga juda qiziqaman. Nega unga sig‘inaman deysizmi? Axir mening es-hushim joyida: boshqa bu qo‘shiqlarga arzimas odam bo‘lganda edi men bu ishni boshlamagan bo‘lardim. Ko‘plab rossiyaliklar noshukur: unga qarshi to‘polon ko‘tarayotgan, mitinglarni uyushtirayotgan odamlar topiladi. Axir u ketsa Rossiya vayron bo‘ladi!- deya kuyinadi Putin shinavandasi Tolibjon.
O‘z shaxsiy hayoti haqida so‘zlar ekan, dushanbelik Tolibjon Qurbonxonov musiqaviy ma‘lumoti yo‘qligi, qo‘shiq aytish shunchaki havas ekanini gapiradi.
- Birinchi qo‘shiq paydo bo‘lmasdan oldin men haqimda hech kim hech narsa eshitmagan. Hatto ota-onam shokka tushgandi qo‘shiqlarimni tinglab. Men o‘zim uchun qo‘shiq yozib yurardim, bularni biror kun kerak bo‘lib qoladi, deb yig‘ib yurardim. Va nihoyat 2012 yilda kerak bo‘lib qoldi. Men musiqadan mutlaqo ta‘lim olmagan odamman: hatto notalar va klavishalarda biror narsa tushunmayman. Men oldi-berdi ishlari bilan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Ota-onamdan tashqari oilada to‘rt kishimiz. Onam 4-5 yoshligimda vanna, tualetga kirib olib qo‘shiq aytishimni gapiradi. Musiqaga esa qiziqishni Xudoning in‘omi deb qabul qilaman,- deydi qo‘shiqchi.
Qurbonxonov Putinni madh etadigan qo‘shiqlari orqali tanilgach, hayotida biror o‘zgarish bo‘lmaganini aytdi. U Putinga bag‘ishlab yozilgan qo‘shiqlari orqali biror moddiy foyda olish niyati bo‘lmaganini ham qo‘shimcha qildi.
- Oldimga allaqanday odamlar kelib shartnoma asosida korporativlarda qo‘shiq aytishni, soatiga haq to‘lashni taklif qildilar. Bilasizmi, sharq odami sifatida vijdonim bunga yo‘l qo‘ymaydi! Men hatto klipda tushishda o‘zimni qandaydir noqulay his etgandim. Bu mening xobbim. Men bu kliplardan bir tiyin ham ishlamadim. Lekin kliplarni o‘zimning pulimga oldim. To‘g‘ri, buni ko‘pchilik ahmoqlik deya qabul qiladi. Men esa bunday hurmatli insonga arziydi, deb hisoblayman. Qo‘shiq, so‘zlari, musiqasi o‘zimniki. Bu kliplarning sponsori, rejissyori ham o‘zim. Lekin menga hech kim moddiy yordam ko‘rsatgani yo‘q. Men o‘ziga to‘q oiladanman,- deb kuladi Tolibjon Qurbonxonov.
Suhbatimiz so‘nggida Putin kuychisi "Yubiley muborak, janob Prezident" nomli qo‘shig‘i so‘nggisi bo‘lmasligi ham mumkin, deydi.
- Siz to‘rtinchi qo‘shiq kerak deb o‘ylaysizmi? (kuladi). Bilasizmi, Putinga bag‘ishlangan birinchi qo‘shig‘im 12 yil oldin paydo bo‘lgan edi. Inauguratsiyaga bag‘ishlangan ikkinchisini men bir soatda, kechasi yozib tashladim. Uchinchi qo‘shiq esa qandaydir uzoqqa cho‘zildi – ikki haftacha vaqt ketdi. To‘rtinchisi bo‘ladimi, yo‘qmi – vaqt ko‘rstadi. Menda uyda lirik qo‘shiqlardan bir albom tayyor, lekin ularni chiqaramanmi, o‘ylab ko‘rishim kerak. Agarda shu odamni uchratib qolgudek bo‘lsam shaxsan aytmoqchiman - “Men sizga bag‘ishlab kuylashdan boshladim va buning ortidan topgan shuhrnatimni oyog‘ingiz ostiga tashlashim mumkin, shu bilan faqat sizning kuychingiz sifatida o‘z karьeramni tugatishim mumkin”, deya yakunladi suhbatni Putin maddohi, tojikistonlik Tolibjon Qurbonxonov.
Nega Putin?

Siyosat to‘g‘risida

Kumirlar va shaxsga sig‘inish to‘g‘risida

“Men professional qo‘shiqchi emasman”
O‘z shaxsiy hayoti haqida so‘zlar ekan, dushanbelik Tolibjon Qurbonxonov musiqaviy ma‘lumoti yo‘qligi, qo‘shiq aytish shunchaki havas ekanini gapiradi.
- Birinchi qo‘shiq paydo bo‘lmasdan oldin men haqimda hech kim hech narsa eshitmagan. Hatto ota-onam shokka tushgandi qo‘shiqlarimni tinglab. Men o‘zim uchun qo‘shiq yozib yurardim, bularni biror kun kerak bo‘lib qoladi, deb yig‘ib yurardim. Va nihoyat 2012 yilda kerak bo‘lib qoldi. Men musiqadan mutlaqo ta‘lim olmagan odamman: hatto notalar va klavishalarda biror narsa tushunmayman. Men oldi-berdi ishlari bilan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Ota-onamdan tashqari oilada to‘rt kishimiz. Onam 4-5 yoshligimda vanna, tualetga kirib olib qo‘shiq aytishimni gapiradi. Musiqaga esa qiziqishni Xudoning in‘omi deb qabul qilaman,- deydi qo‘shiqchi.
Moddiy va ma‘naviy dunyo to‘g‘risida
Qurbonxonov Putinni madh etadigan qo‘shiqlari orqali tanilgach, hayotida biror o‘zgarish bo‘lmaganini aytdi. U Putinga bag‘ishlab yozilgan qo‘shiqlari orqali biror moddiy foyda olish niyati bo‘lmaganini ham qo‘shimcha qildi.
- Oldimga allaqanday odamlar kelib shartnoma asosida korporativlarda qo‘shiq aytishni, soatiga haq to‘lashni taklif qildilar. Bilasizmi, sharq odami sifatida vijdonim bunga yo‘l qo‘ymaydi! Men hatto klipda tushishda o‘zimni qandaydir noqulay his etgandim. Bu mening xobbim. Men bu kliplardan bir tiyin ham ishlamadim. Lekin kliplarni o‘zimning pulimga oldim. To‘g‘ri, buni ko‘pchilik ahmoqlik deya qabul qiladi. Men esa bunday hurmatli insonga arziydi, deb hisoblayman. Qo‘shiq, so‘zlari, musiqasi o‘zimniki. Bu kliplarning sponsori, rejissyori ham o‘zim. Lekin menga hech kim moddiy yordam ko‘rsatgani yo‘q. Men o‘ziga to‘q oiladanman,- deb kuladi Tolibjon Qurbonxonov.
Hali emas hammasi