“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Islomobod shahriga yangi reys ochmoqda. Shu yilning 31 oktyabridan boshlab o‘zbekistonliklar Toshkentdan to‘g‘ri Pokiston poytaxtiga uchishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent-Islomobod yo‘nalishida haftasiga ikkita reys qo‘yilayotganini "O‘zbekiston havo yo‘llari" xodimlaridan biri tasdiqladi.
- Toshkentdan chorshanba kuni uchadi, shu kuni kechqurun Islomoboddan Toshkentga qaytadi. Bu birinchi reys. Ikkinchi chastotasi payshanba kechasi uchadi, juma kuni ertalab qataydi orqaga,- dedi “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkatining ismi sir qolishini istagan xodimi.
Shu paytgacha Toshkentdan Pokistonning birgina Lahor shahriga qatnov bor edi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Pokistondagi vakolatxonasining shaxsini ochiqlamagan xodimi Ozodlik bilan suhbatda Toshkent-Islomobod reysi ochilayotgani O‘zbekiston va Pokiston orasida yo‘lovchilar soni ortgani bilan bog‘liqligini aytdi.
- Hozir ikki davlat orasida sayyohlar, tijoratchilarning ham bordi-keldisi ko‘paygan. Tranzit yo‘lovchilar ham bor. Mavsumiga qarab. Yozda sayyohlar ko‘p uchadi. Qishda ko‘proq tranzit yo‘lovchilar,- deydi “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakili.
O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi rasmiylaridan birining aytishicha, pokistonlik sayyohlar orasida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga qiziqish katta.
- Ayniqsa, so‘nggi paytda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ko‘paydi. Bu reysning ochilishi qiziqish ortgani bilan ham bog‘liq,- dedi elchixona rasmiysi.
Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” dunyoning ellikka yaqin shahriga doimiy reyslarini amalga oshirmoqda. O‘zbekistondan faqat Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Avstraliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q, xolos.
Xalqaro reyslarning aksariyati esa tranzit yo‘lovchilarga mo‘ljallangan. Toshkent-Islomobod o‘rtasidagi qatnov ham tranzit yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin qilishi mumkin.
– Yangi reys tranzit yo‘lovchilar uchun ham juda qulay. Islomoboddan yo‘lovchilar Toshkentga kelgach, Yevropa shaharlari yo‘nalishi bo‘yicha parvozni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi. Yoki teskarisi Yevropadan Osiyo mamlakatlariga yo‘lovchilar Toshkent orqali uchishlari mumkin,- deydi “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakili.
Ayni paytda¸ O‘zbekiston Havo yo‘llari milliy aviashirkatiga qarashli samolyotlar Toshkent-Urumchi-Toshkent yo‘nalishida ham parvoz qila boshladi.
Shu paytgacha Toshkent-Urumchi shaharlari o‘rtasida haftasiga bir marta bo‘ladigan parvozni Xitoyning China Southern Airlines shirkatiga qarashli samolyotlar amalga oshirayotgandi.