Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:27

Suriyadan olib chiqilgan MDH fuqarolaridan biri o‘zbekistonlikdir


24 aprel kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus reys bilan Suriyadan olib kelgan MDH fuqarolari orasida o‘zbekistonlik ham bor.

“Interfaks” axborot agentligining xabar berishicha, Suriyadan jami 104 nafar MDH fuqarosi olib kelingan. Ularning 76 nafari Rossiya, 21 nafari Ukraina, 6 nafari Belarus va 1 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Ularning deyarli yarmi bolalardir.

Suriyani tark etish istagini bildirgan bu odamlar Latakiyadan Moskvaga Il-62 samolyotida olib kelingan.

Suriyada 2011 yilning martidan beri davom etayotgan hukumat qo‘shinlari va qurolli isyonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda, BMT ma‘lumotiga qaraganda, 70 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG