Линклар

Шошилинч хабар
15 январ 2025, Тошкент вақти: 13:04

Qirg‘iz muxolifatchisi 11 yilga kesildi


Narimon Tuleyev 2012 yilning avgustida noqonuniy tarzda yarim kechasi Bosh prokuraturaga so‘roqqa chaqirilgan edi.
Narimon Tuleyev 2012 yilning avgustida noqonuniy tarzda yarim kechasi Bosh prokuraturaga so‘roqqa chaqirilgan edi.

Qirg‘izistonda muxolifat liderlaridan biri Narimon Tuleyev korruptsiyada ayblanib 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning qarindoshlariga taaluqli mol-mulk va bank hisoblari muzlatib qo‘yildi. Sud hukmi 29 iyul kuni kechqurun o‘qildi.

Parlament deputati Narimon Tuleyev Bishkek shahriga hokimlik qilgan paytda shahar byudjetiga 925 ming dollar miqdorida ziyon keltirganlikda aybdor deb topildi. Bishkek shahar Lenin tuman sudida bu boradagi hukm 29 iyul kuni kechqurun o‘qildi.

Tuleyev bilan birga sudlangan Bishkek shahar tuzilmalarining sobiq besh rahbari –Medet Kojobergenov 13 yilga, Valeriy Korniyenko, Ruslan Beyshembayev, Bilim Toktobekov 10 yildanga, Bakitbek Sidikov 5 yilga hukm qilindi. Ularning mol –mulklari davlat foydasiga musodara qilinadigan bo‘ldi.

Narimon Tuleyev o‘ziga nisbatan bildirilgan ayblov va sud jarayonini siyosiy buyurtma sifatida baholamoqda.

- Bu hukmni siyosiy buyurtma deb bilaman. Kim kimga telefon qilgani va meni qanday jazolash kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatma berganini vaqti kelganida aytib beraman. Menda bu telefon so‘zlashuvlari to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Sudya buyruqni bajarishga majbur bo‘layapti, -dedi Narimon Tuleyev.

Sud hukmi bilan Narimon Tuleyevning qarindoshlari va oilasiga tegishli bo‘lgan bank hisoblari, mol-mulki va hissadorlik jamiyatlaridagi aktsiyalari ham davlat hisobiga musodara qilindi. Advokatlarning aytishlaricha, Qirg‘iziston tarixida birinchi marta sudlanuvchining qarindoshlariga tegishli bo‘lgan mol-mulk musodara qilinmoqda. Bu esa amaldagi qonunchilikka zid harakat sifatida baholanayapti.

Qirg‘iziston muxolifatining taniqli namoyondasi Narimon Tuleyev prezident Bakiyev hukmronligi davrida Bishkek meri lavozimini egallab turgan. U bishkekliklar orasida so‘nggi 20 yilda poytaxt qiyofasini tubdan o‘zgartira olgan yagona mer sifatida katta nufuzga ega bo‘lgan edi.

Prezident Qurmanbek Bakiyev hokimiyatdan ag‘darilgach, Tuleyev muxolifatga qo‘shilgan.

Qirg‘iziston parlamenti deputati Narimon Tuleyev Bishkek meri bo‘lib turgan paytida Xitoydan 200 avtobusni davlat xazinasiga ziyon keltirgan tarzda sotib olganlikda ayblanmoqda. U 2012 yilning avgustida hibs qilingan edi.
XS
SM
MD
LG