O‘zbek qo‘shiqchilarining turli jinoyatlarda ayblanib, qamoqqa tushishi O‘zbekiston matbuot yoritmaydigan mavzulardan biridir. Shu jihatdan kelib chiqib, Ozodlik radiosi o‘zbek shou biznesi vakillarining panjara ortidagi tarixini o‘rgandi.
Turkmanistonga to‘yga borgan xorazmlik qo‘shiqchi Bunyod Saidovi “viza rejimini buzdi”, deya qo‘shni respublikada hibsga olindi.
O‘tgan haftada qo‘lga olingan qo‘shiqchi turkman qamoqxonasidan 900 dollar miqdorida pul to‘lab, ozod bo‘ldi.
Uning ma‘muri Ozodlikka bildirishicha, Saidov Toshovuz viloyatining Ko‘hna Urganch shahridagi to‘yga borgan.
Bazmdan keyin Toshovuzdagi “Orzu” mehmonxonasiga kelib tunaganida Turkmaniston xavfsizlik hizmatlari “nazariga” tushgan.
Ozodlik bilan suhbatda xonandaning ma‘muri aslida qo‘shiqchining viza qoidalarini buzmaganligini aytdi.
Chegara bo‘yida yashovchi Bunyod Saidov pasportga ilova qilinadigan imtiyozli viza asosida Turkmanistonga o‘tishga haqli bo‘lgan.
Shu tariqa, xorazmlik qo‘shiqchining haqsizlik qurboni bo‘lgani aytilayotgan bir paytda yana bir xorazmlik qo‘shiqchi O‘ktam Ahmedov poraxo‘rlik va ko‘pxotinlikda ayblanib, panjara ortiga tashlandi.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining Xorazm viloyati bo‘limi direktori lavozimida ishlagan O‘ktam Ahmedov litsenziya berish evaziga san‘atkorlardan bir milllion so‘mdan uch million so‘mgacha pora talab qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi sudyasi Jahonali Botirovga ko‘ra, xonandalar turli madaniy-ma‘rifiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun ham Ahmedovga pora berishga majbur bo‘lganlar.
O‘zbekiston rasmiy matbuotida O‘ktam Ahmedovning “Xususiy korxona ochib, noqonuniy ravishda disk ko‘paytirish va sotish bilan shug‘ullangani va bir vaqtning o‘zida bir necha xotinga uylangani” tanqid qilingan maqolalar e‘lon qilindi.
O‘tgan asrning saksoninchi yillarida Xorazm qo‘shiqchiligining hushovoz vakili sifatida e‘tirof qilingan O‘ktam Ahmedov endi kelasi 8 yil ichida faqat turmadagi havaskorlik klubida ashula aytishi mumkin.
Taqdir taqozosi bilan Qiziltepa qamoqxonasida jazo o‘tagan Zoyir ismli xorazmlik ashulachi turmada ham qo‘shiq aytganini gapirib berdi.
Suhbatdoshga ko‘ra¸ Qiziltepa jazo muassasasida kontsertlarni ayni qamoqda jazo o‘tayotgan diniy voiz va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov tashkil qiladi.
Mahkum Hayrulla Hamidovning onasi Muqaddas opa Ozodlik bilan suhbatda o‘z o‘g‘lining “Qiziltepa qamoqxonasi klubida rejissyorlik qilishi, qamoqdagi mahbuslarni qayta tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar uyushtirishi” haqida bildirgan edi.
Narkotiklar savdosida ayblanib qamoqqa kirib chiqqan xorazmlik hofiz Zoyirjon Xayrulla Hamidov yozgan misralarni qo‘shiq qilganini aytadi.
Bu qo‘shiq yozilgan disk 2011 yilda Ozodlik radiosiga yetib kelgan edi.
Diydorni sog‘ingan ko‘zlardan so‘ra.
Ozodlikning o‘zi katta baxt ekan,
Ozodlik qadrini bizlardan so‘ra.
Narkotiklar savdosida ayblanib qamoq jazosini o‘tab chiqqan xorazmlik hofiz Zoyirjon mahbus Xayrulla Hamidov bilan jazo muassasasi tarbiyaviy rejasiga uyg‘un tarzda “ijodiy hamkorlik” qilganini aytadi.
Hofizga ko‘ra¸ bu ijodiy hamkorlik mevasi sifatida “Bizlar asir bo‘ldik” degan qo‘shiq vujudga kelgan.
Hofiz Zoyirbek hibsda bo‘lgan 2011 yilda Qiziltepadagi qamoqxonaga bir guruh ziyoli va artist targ‘ibot tadbirini o‘tkazish uchun borgan.
Tadbir qatnashchilari “Bizlar asir bo‘ldik ” degan qo‘shiqni qamoq klubida Zoyirjon ijrosida eshitishgan.
Keyin tadbir ishtirokchilaridan biri bu qo‘shiq yozilgan chipni o‘z musiqa asbobi ichiga yashirib olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan - shu tariqa bu qo‘shiq Ozodlik radiosiga yetib keldi.
Bu qo‘shiqning Ozodlik radiosida Hayrulla Hamidovga nisbat berilib¸ efirga uzatilgani Qiziltepa qamoqxonasida keng muhokama qilingan.
O‘sha paytda Qiziltepa qamoqxonasida jazo o‘tagan Ravshan ismli mahkuming Ozodlikka bildirishicha¸ qamoqxona ichida yozilgan qo‘shiqning tashqariga kim va qay tarzda chiqargani taftish qilingan.
Suhbatdoshning aytishicha¸ bu ishda gumon qilingan bir necha odam kartserga tashlangan.
Bu voqeadan keyin Navoiy viloyatidagi 47-jazoni o‘tash muassasasida tarqatilgan “Vaqt” gazetasida mahkum Hayrulla Hamidov maqola e‘lon qilib, bu qo‘shiq matni o‘ziniki emasligini ta‘kidladi.
Ayni maqolada Hamidov bu qo‘shiqni Navoiy qamoqxonasida yozilganini tasdiqladi.
Shu tariqa, Zoyirjon ijro qilgan “Bizlar asir bo‘ldik “ qo‘shig‘i qamoqdagi ijod mahsuli sifatida tarixga kirdi.
Xotirjam ichasan uyda choyingni,
Ayoling to‘shaydi tunda joyingni¸
Bizlardek loylama umr soyingni¸
Ozodlik qadrini bizlardan so‘ra.
Qo‘lingga suv quysa erkatoy qizing¸
O‘g‘ling sochiq tutar artgani yuzing¸
Quchog‘ingda porlar tunda yulduzing¸
Ozodlik qadrini bizlardan so‘ra.
Qo‘shiqchilarning qamoqqa tushgani O‘zbekistondagi matbuotda deyarli yoritilmaydi.
O‘zini Feruza, deb tanishtirgan o‘zbekistonlik jurnalist u yoki bu taniqli qo‘shiqchining qamoqdagi o‘tmishi haqida yozishga ham rasmiy matbuotda taqiq borligini aytadi.
Masalan, o‘zbek matbuotida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning Hizbut Tahrir faoli bo‘lgani uchun qamoqda jazo o‘tagani eslanmaydi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bastakor, taniqli estrada xonadasi Ruslan Sharipov giyohvandlikda ayblanib. jazoga tortilgani borasida “matbuot” jimlik saqlaydi.
Kinoda “Shum bola” rolini ijro qilib dong‘i chiqqan Abdurayim Abduvahobovning panjara ortida bir muddat qolishiga ham giyohvandlik sabab qilib ko‘rsatiladi.
O‘zbekistonda hard rok rivojiga hissa qo‘shgan qo‘shiqchi Davron G‘oyipov 1987 yili "o‘zbeklar ishi", deb nomlangan jinoyatda ayblanib, qamoqqa olingan va 1991 yilgacha jazo o‘tagan edi.
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi qo‘shiqlari uchun ta‘qib ostiga olingan qo‘shiqchi Dadaxon Hasanov 2006 yilning sentyabrida Andijon voqealari haqida ijro etgan qo‘shig‘i uchun 3 yil shartli qamoq jazosiga hukm etilgan edi.
Bu yil yoz boshida so‘z ustasi Halima Ibrohimova valyutafurushlikda ayblanib, hibsga olingani va qo‘yib yuborilgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.
Norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra¸ shu yilning iyunь oyida “Handalak” guruhidan Ortiq Sultonov va Zokir Ochildiyevlar bir hafta “ MXX yerto‘lasida” o‘tirib chiqqan.
Muxolifatdagi O‘zbekiston xalq harakati nashrining yozishicha¸ ikki qiziqchining MXH yerto‘lasiga olib kelinishiga bir ayolning shikoyati sabab bo‘lgan.
O‘zbek militsionerlarini poraxo‘r, deya so‘kkani uchun qo‘shiqchi Abdulla Qurbonov ham 15 kun hibs qilingan edi.
Ayni paytda o‘zbek qamoqxonasining bir umrlik hujrasida qotilligi uchun jazo o‘tayotgan ikki qo‘shiqchi haqida ham eslash lozim.
Bular o‘tgan asrning to‘sqoninchi yillarida “Bo‘m bo‘sh ko‘chalar” haqida qo‘shiq kuylab tanilgan “Al-Vakil” guruhining ikki qo‘shiqchisi Arsen Arutyunyan va Danis Sirashev taniqli qo‘shiqchi Laylo Aliyevani qasddan o‘ldirilganlikda ayblanib, bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Qamoqxonadagi kontsert

Qamoqxona ko‘rgan qo‘shiqchilar