Линклар

Шошилинч хабар
15 январ 2025, Тошкент вақти: 15:31

Husni Muborak ozodlikka chiqishi mumkin


Misr sobiq prezidentining advokati Farid ad-Dib o‘z himoyasidagi Husni Muborak payshanba kuni ozodlikka chiqishi mumkinligini bildirdi. Biroq bu ish sodir bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha aniq emas, chunki prokurorlar Muborakning ozod etilishi haqidagi qaror ustidan ariza berishlari mumkin.

Chorshanba kuni Qohira sudi 85 yoshli Husni Muborak zimmasidan korruptsiyaga oid so‘nggi ayblov moddasini olib tashladi. Mazkur ish uning davlat nashrlarining biridan sovg‘a olganiga taalluqli edi. Avvalroq sud Muborakning boshqa korruptsiyaviy ayblovlarga aloqadorligini asossiz, deb topgandi.

Muborakning aksilhukumat aktsiyalari ishtirokchilari o‘limiga aloqadorligi haqidagi ish yangitdan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan va sud unga bu jarayonni ozodlikda kutishga ruxsat bergan.

30 mobaynida hokimiyat tepasida o‘tirgan Husni Muborak 2011 yil fevralida ommaviy xalq g‘alayonlari natijasida prezidentlik lavozimini tark etgandi.
XS
SM
MD
LG