Линклар

Шошилинч хабар
25 декабр 2024, Тошкент вақти: 07:33

Apple shirkati iPhone smartfonining yangi versiyalarini e‘lon qildi


Apple shirkati 10 sentyabr kuni San Fransiskoda o‘tgan taqdimot marosimida iPhone smartfonlarining ikkita yangi versiyasini - iPhone 5S va iPhone 5C apparatlarini e‘lon qildi.

iPhone 5C Apple'ning boshqa smartfonlaridan farqli o‘laroq asosan plastikdan materiallardan ishlangan bo‘lib, narxi arzonroq bo‘ladi. Smartfonning g‘iloflari esa besh xil rangda bo‘lishi aytilmoqda.

Kuzatuvchilarga kora, arzon iPhone smartfonlari orqali Apple shirkati rivojlanayotgan davlatlar bozorlaridagi, xususan Xitoy bozoridagi arzon smartfonlar bilan raqobatga kirishmoqchi.

iPhone smartfonining shisha va alyuminiydan yasalgan versiyasi esa kutilganidek iPhone 5S deb nomlanadi.

iPhone 5S smartfoni oldingi versiyalardan kuchliroq protsessori, yaxshilangan kamerasi va barmoq izlari skaneri bilan ajralib turadi.

Apple shirkatining yangi smartfonlari 20 sentyabrdan boshlab to‘qqizta davlatda sotuvga chiqadi. Dekabr oyidan boshlab esa boshqa davlatlar bozoriga chiqishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG