Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 17:15

O‘zbekistonda Apple ID 5 mingdan - 20 ming so‘mgacha pullanmoqda


Apple shirkati telefon, planshet va kompyuterlarini sotib olayotgan ba‘zi o‘zbekistonliklar bu qurilmalarni ishga tushirish uchun maxsus identifikatsiya - Apple ID (o'qilishi "eppl aydi" - tahr.) o‘rnatish jarayonida "Malika" savdo majmuasidagi tujjor yigitlar ko‘magiga muhtoj qolmoqda. Chunki Apple ID o‘rnatish jarayonida onlayn savdoga rostlangan Visa va MasterCard to‘lov kartalari ma‘lumotlarini kiritish lozim, bunday kartalar esa aksar o‘zbekistonlikda yo‘q.

O‘zbekistonda Apple shirkati mahsulotlari - iPhone, iPad, MacBook sotib olayotganlar bu qurilmalarni ishga tushirishda zarur bo‘lgan maxsus identifikatsiya - Apple ID o‘rnatish jarayonida qiyinchilikka duch kelayotganini aytmoqdalar.

Ozodlikka turli ijtimoiy tarmoqlardan bog‘lanayotgan mushtariylarning aytishicha, Apple shirkati mahsulot va xizmatlaridan foydalanish chog‘ida qo‘llaniladigan maxsus identifikatsiya jarayonida mijozlar xalqaro miqyosdagi onlayn savdo uchun ochiq bo‘lgan Visa va MasterCard to‘lov kartalari ma‘lumotlarini kiritishi lozim.

Bunday kartalar aksar o‘zbekistonlik, ayniqsa, iPhone va iPad qurilmalariga xaridor bo‘layotgan yoshlarda yo‘q.

- Apple shirkati mahsulotlari qimmat, shuning uchun uni ko‘proq Toshkentda yurgan va o‘ziga to‘q oilalarning bolalari olayapti yoki chet eldan yaqinlarida sovg‘aga yuborganlardagina bor bular. Lekin shularning ham ko‘pida chet ellarda ishlaydigan Visa, MasterCard yo‘q. Shuning uchun, u telefon planshetlarni ishga tushirish uchun komp yuterchi bolalarga borishyapti, - deydi toshkentdagi "Malika" majmuasida smartfonlar bilan savdo qiluvchi Kamoliddin.

Uning yonginasida aynan Apple ID o‘rnatib berish bilan shug‘ullanayotgan yana bir tujjor Abduhakimning aytishicha, ushbu shirkatning telefon va planshentini sotib olayotgan har uch xaridordan ikkisi IDni do‘konning o‘zidayoq o‘rnatib ketmoqda.

"Shu Apple ID ochib beramiz. Xohlasa o‘ziga alohida ochib beramiz, xohlasa bizdagi ID bilan ochib beramiz, farqi yo‘q. Keyinchalik ham problema bo‘lsa, kelsa, shest sekundda hal qilib beramiz. Ishlatishni ham, skachat qilishni ham o‘rgatamiz, problema yo‘q. Bitta IDni 5 ming so‘mga ochib beramiz", dedi "Malika" savdo majmuasida ishlaydigan smartfonlar bo‘yicha mutaxassis Abduhakim.

Ozodlikka bu mavzuda kelayotgan maktublar va xabarlarda esa bunday yangi xizmat turi 5 ming so‘mdan 20 so‘mga qadar pullanayotgani aytilmoqda.

Ammo Abduhakimning aytishicha, Apple shirkati mahsulotlarini IDsiz ishga tushirish yo‘llari ham topilgan.

"Shu IDsiz ham programmalarni o‘rnatsa bo‘ladi. Yo‘li ko‘p", dedi Abduhakim. Ammo, bunday yo‘llarni telefon orqali tushuntirib o‘tirishni lozim topmadi.

Yangi texnologiyalar, ayniqsa smartfonlar bilan qiziqadigan toshkentlik 19 yashar talaba Shahzodning aytishicha, bunday yo‘llardan birini o‘zi ishining ustalari "Jailbreak", deyishadi.

"Sistemani sindiradida, App Storedan kerakli hamma programmalarni skachat qilib olishadi. "Jailbreak", deyishadi buni. Bunda ID shartmas. Keyin yana bir yo‘li shuki, "Malika"dagi yigitlar kerakli programmalarni komp yuterlarga saqlab qo‘yishgan. O‘shani ham yap-yangi iPhone va iPadlarga IDsiz o‘rnatib berishadi. Yo‘li ko‘p", deydi toshkentlik talaba.

Ammo, yangi media texnologiyalarning aynan Apple shirkati ishlab chiqargan turlariga qiziqayotganlarning mushkulini oson qilib berayotgan toshkentlik media texnologiya ustalari bo‘lgan yigitlar ortidan ba‘zi shubhalar ham bildirilmoqda.

Har bitta qurilmagan o‘rnatilgan ID orqali iPhone, iPad, MacBook foydalanuvchilari nafaqat App Store, balki iCloud - Apple shirkatining virtual omborxonasi xizmatidan ham foydalanishi mumkin.

O‘z qurilmalaridagi ortiqcha yoki eski informatsiyalar - eski telefon kontaktlari, foto va video materiallar, matn holida axborot va turli tarmoqlardagi yozishmalar tarixini vaqti-vaqti bilan iCloud ga yuklash - BackUp qilib turish mumkin.

Bu informatsiyalar qaysi ID orqali yuklangan bo‘lsa, o‘sha ID orqali istalgan vaqtda ko‘rilishi, o‘qilishi va nusxa olinishi mumkin. Shu bois, Toshkentda Apple ID o‘rnatish bo‘yicha shakllanayotgan yangilikdan xabar qilgan mushtariylardan biri: "Balki foydalanuvchilarning shaxsiy ma‘lumotlari o‘g‘irlanayotgan va MXXga topishirlayotgan bo‘lishi mumkin", deb yozdi.

Informatsion texnlogiyalar ustasi bo‘lgan toshkentlik Abdulla bunga hojat ham, zarurat ham yo‘q, deb hisoblaydi.

"Birinchidan, iCloud 5 gegabaytdan keyin pullik, shuning uchun uning xizmatidan ko‘pchilik foydalanmaydi. Ko‘pchilik ma‘lumotlarini, fotolarini BackUp qilmaydi, qiziqmaydiyam, bilmaydiyam xullas. Hozir lyuboy danniyni Internetga tashlab qo‘yish mumkin, masalan GoogleDrive bor, juda qulay va bepul. Lekin, bundanam foydalanadiganlar ko‘p deb o‘ylamayman, to‘g‘risi. Keyin, agar MXX kuzataman desa, O‘zbekistonda buning qulay va arzon yo‘li - mobil kompaniya va provayderlar orqali. Hamma sotsial tarmoqlar smartfon uchun programmalarini yoki telefon nomer, yoki IP orqali bemalol kuzatsa bo‘ladi. "Malika"dagi bolalarga hojat yo‘q", deb htsoblaydi yangi media texnologiyalar bo‘yicha toshkentlik ustamonlardan biri Abdulla.
XS
SM
MD
LG