Линклар

Шошилинч хабар
15 январ 2025, Тошкент вақти: 16:14

O‘zbekistonda chaqaloqfurush ayollar qo‘lga olindi


O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari chaqaloq savdosi bilan shug‘ullangan jinoyatchi guruh faoliyatiga chek qo‘ydi.

12news.uz axborot agentligining Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi vakili so‘zlariga tayangan holda xabar qilishicha, sirdaryolik Nazira Abdullayeva va Nazokat Hasanova Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi mudiri Tolliboy Xudoyorovdan sotish maqsadida nikohsiz tuqqan Feruza Bo‘tayevaning chaqalog‘ini 400 dollarga sotib olganlar.

Tez orada ular bolaga xaridor topganlar. Xaridorlar esa bu haqda Milliy xavfsizlik xizmati xodimlariga xabar qilganlar. Shundan so‘ng bola sotilayotgan paytda chaqaloqfurushlar qo‘lga olingan.

“Endi sud qaroriga ko‘ra, bu og‘ir jinoyatda ayblanganlar umrlarining bir qismini qamoqxonada o‘tkazadilar”, deya iqtibos keltiradi 12news.uz sud mulozimi so‘zlaridan.
XS
SM
MD
LG