Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:32

Migratsiya kartochkasini to‘g‘ri to‘ldirmagan muhojirga Rossiyada ish berilmaydi


Rossiya iyul oyining oxirlarida mehnat muhojirlariga migratsiya kartochkalarining to‘ldirilishiga oid yangi talabni joriy etdi. Ayni paytda mutaxasislar G‘arbning Rossiyaga nisbatan joriy etgan sanktsiyalari ortidan mazkur mamlakatda ishchi kuchiga bo‘ladigan talab ko‘payishini aytmoqdalar.

Rossiya Federal migratsiya xizmatining Qirg‘izistondagi vakolatxonasi rahbari Vladimir Filippov jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda migratsiya kartochkalarining to‘ldirilishiga oid yangi tartib yuzasidan tushuntirish berdi:

-"Chet el davlatlari fuqarolarining huquqiy vaziyati” to‘g‘risidagi qonunga shu yilning 22 iyulida yangi o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq, Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun borayotgan shaxs migratsiya kartochkasining “Mamlakatga kirishdan maqsad” degan bandida “ishlash” degan ishoratni belgilashi shart. Avvallari bu bandga “mehmonga”, “xususiy”, “turizm” deb yozilar edi. Endi bunday bo‘lmaydi. Migratsiya kartochkasida “ishlash” degan so‘zni belgilamagan muhojirga Migratsiya xizmati tomonidan ishlash huquqi berilmaydi, - dedi Vladimir Filippov.

Bundan avvallroq Rossiya mehnat muhojirlari ishlash huquqiga ega bo‘lishi uchun rus tilidan imtihon topshirishlari shartligi joriy etilgan edi. Bundan tashqari mehnat muhojirlari Rossiya tarixi va qonunlarini ham bilishligi kerakligi ta‘kidlangan.

Biroq G‘arb Moskvani Ukrainadagi bo‘hronni kuchaytirayotganlikda ayblab bir qator sanktsiyalarni joriy etganidan so‘ng Kreml Yevropa Ittifoqi, Qo‘shma Shtatlar, Avstraliya, Kanada va Norvegiyadan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishni taqiqlab qo‘ydi.

Moskvadagi qirg‘iz diasporasi rahbari Ruslan Eshimovning aytishicha, bunday qaror ortidan Rossiyaning ishchi kuchiga bo‘lgan talabi ortishi mumkin.

- Yevropa Ittifoqi va AQShning Rossiyaga joriy etgan sanksiyalariga nisbatan Rossiya ham sanktsiyalarini e‘lon qildi. Hozir Rossiyada yangi sanktsiyalar haqida so‘z bo‘layapti. Rossiya Yevropa va AQShdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini taqiqladi. Bu taqiq ortidan yuzaga keladigan bo‘shliqni Rossiya o‘z qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bilangina to‘ldira oladi. Buning uchun esa kamida 35 million ishchi kerak. Bu ish o‘rinlarining 5 millionini rossiyaliklar egallagan taqdirda ham yana 30 million ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham Rossiya avval mehnat muhojirlariga nisbatan joriy etgan talablarni yumshatishi mumkin, - deb hisoblaydi Ruslan Eshimov.

Rossiya Federal migratsiya xizmati rasmiy ma‘lumotida aytilishicha, 2014 yilning apreligacha bo‘lgan holatda Rossiyada salkam 11 million muhojir mehnat qilmoqda. Davlat hududiga kirib kelayotgan muhojirlarning asosiy qismi 18-40 yoshlilar, ularning aksari erkaklar ekani ma‘lum.

Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy 6 avgust kuni Bosh prokuraturada o‘tkazilgan yig‘ilishda Markaziy Osiyodan Rossiyaga borayotgan mehnat muhojirlari soni so‘nggi paytda 26 foizga kamaygani va muhojirlar sonining kamayishiga migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikning kuchaytirilishi sabab bo‘lganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG