Линклар

Шошилинч хабар
23 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:34

"Uyushgan jinoiy guruh a‘zosi" Gulnora Karimovaga qarshi jinoyat ishi ochildi


Gulnora Karimova.
Gulnora Karimova.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi ochilganini e‘lon qildi. O‘zbekiston prokuraturasining 8 sentabr kuni ma‘lum qilishicha, Rustam Madumarov va Gayane Avakyan ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov natijasida jinoyat ishining “uyushgan jinoiy guruhning boshqa a‘zolari”ga doir qismi alohida ish yurituvga ajratilgan. “Xususan, G. Karimova” va jinoiy guruhning boshqa a‘zolari haqida gap borayotgani aytiladi bosh prokuratura xabarnomasida.

O‘zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi saytidan Gulnora Karimovaga qarshi ish ochilgani haqida ma‘lumotdan skrinshot
O‘zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi saytidan Gulnora Karimovaga qarshi ish ochilgani haqida ma‘lumotdan skrinshot

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi ochilgani to‘g‘risida e‘lon qilgan xabarnomaga ko‘ra, prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi “uyushgan jinoiy guruh” a‘zosi bo‘lgan.

Prokuratura bergan xabarda aytilishicha, mazkur guruhni “N.Sodiqov, R.Madumarov, G.Avakyan va boshqalar tashkil etgan”. Prokuraturaga ko‘ra, Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri ekani aytiladigan Rustam Madumarov va uning sobiq hisobchisi Nurmuhammad Sodiqov tomonidan boshqarilgan jinoiy guruhning boshqa a‘zolariga doir qismi alohida ish yurituviga ajratilgan.

“Xususan, G.Karimova va jinoiy guruh a‘zolari A.Gafurova, A.Kurbanov, B.Suleymanov, Sh.Kamilьjanov, R.Mustafayevlar haqida so‘z yuritilmoqda”, deyiladi xabarnomada.

Rustam Madumarov va Gayane Avakyan may oyida uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm etilgan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Gulnora Karimova doxil jinoiy guruh “davlat aktivlarini sun‘iy pasaytirilgan narxlarda qo‘lga kiritish va boshqa usullar bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning 5,5 mlrd. So‘mlik, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd.” MChJ QK ning 11,9 mlrd. so‘mlik, “Farg‘ona NQIZ” UShKning 40,1 mlrd. So‘mlik, shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarning 102 mlrd so‘mlik aktivlari talon-taroj qilingan va o‘zlashtirilgan”.

“Tergov harakatlari davomida yetkazilgan iqtisodiy zararni to‘liq qoplanishi yuzasidan choralar ko‘rilmoqda. Hozirgi vaqtda jinoiy guruh a‘zolarining O‘zbekistondagi 457 mlrd. so‘mlik mulklari davlat daromadiga o‘tkazildi”, deyiladi yana rasmiy xabarnomada.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi "uyushgan jinoiy guruh" a‘zosi Gulnora Karimovaga nisbatan ehtiyot chorasi ko‘rilganmi, yo‘qmi ochiqlamadi. Lekin prezident qizining o‘zi sizdirgan xabarlarda uy qamog‘ida qolayotgani aytiladi.

8 sentabr kuni efirga uzatilgan OzodlikOnline dasturida Gulnora Karimovaga qarshi O‘zbekistonda jinoiy ish ochilishi nimani anglatadi?, degan savolga javob izlandi:

Гулнора Каримовага қарши Ўзбекистонда жиноий иш очилиши нимани англатади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:54:45 0:00

OzodlikOnlinening audio varianti:

OzodlikOnline: Гулнора Каримовага қарши Ўзбекистонда жиноий иш очилиши нимани англатади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:54:33 0:00
Бевосита линк

Gulnora Karimova O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilishi Yevropaning bir necha mamlakatida prezident Karimovning qizi va uning jinoiy sheriklari, deya ko‘rilayotgan shaxslarga nisbatan tergov davom etayotgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova va unga yaqin bo‘lgan Rustam Madumarov va Gayane Avakyan Shvetsiya, Shveytsariya, Frantsiya, Latviya va Hollandiyada pul yuvish, korruptsiya va boshqa moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.

O‘tgan hafta, Shvetsiya Bosh prokuraturasining Korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Gunnar Stetler Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistondagi jarayonlar Shvetsiyadagi jinoyat ishi tergovi yopilishiga olib kelmasligini bildirgan edi.

- Hozir mavjud vaziyatda tergovni yopish uchun asoslarni ko‘rmayapman. Sudga taqdim qilgani dalil isbotlarni qo‘lga kiritamiz, degan umiddamiz. Lekin hozircha buni aniq ishonch bilan ayta olmayman,- deydi Shvetsiya Bosh prokuraturasining korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Gunnar Stetler.

Shvetsiya prokuraturasi TeliaSonera shirkati O‘zbekiston telekom bozoriga kirish imkoni uchun bu mamlakat prezidentining qiziga 350 million AQSh dollari midorida pora berganini isbotlashga urinayotgan bir paytda 4 sentabr kuni katta qismi Shvetsiya hukumatiga qarshi bu shirkat mulozimi Toshkentga safar qildi.

Shveytsariya prokurorlari Gulnora Karimova o‘z sheriklari bilan birgalikda yuzlab million AQSh dollari miqdorida noqonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni qonuniylashtirishga uringanlikda gumon qilmoqda. Bu ish doirasida Shveysariya banklarida Gulnora Karimovaga oid 1 milliard dollarga yaqin pul muzlatib qo‘yilgan

Bundan tashqari Frantsiyada Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan bir nechta ko‘chmas mulk ob‘ekti hibsga olingan.

Gulnora Karimovaga qarshi O‘zbekistonda jinoiy ish ochilganiga mikrofonsiz suhbatda munosabat bildirgan Shvetsiya prokuraturasining ismi oshkor etilmasligini so‘ragan manbasi¸ bu harakatni Karimovaning Yevropa banklarida muzlatilgan pul va boshqa boyliklariga "qo‘l uzatish" deb baholadi:

- Gulnora Karimovaning Madumarov va Avakyan boshchiligidagi jinoiy guruhga aralashgani va bu guruhning davlatdan o‘g‘irlagan pullarining Coca-Cola, O‘zbekiston havo yo‘llari kabi shirkatlardan kelganini ta‘kidlashi Shveytsariyada muzlatilgan pullar manbasi telekommunikatsiya shirkatlari emasligini isbotlashga qaratilgan. Bu esa¸ ushbu pullarni O‘zbekistonga qaytarish urinishidir¸ dedi shved prokuraturasi vakili.

Aksar kuzatuvchilar ham Gulnora Karimova va uning sheriklarini jinoiy javobgarlikka tortish orqali Toshkent hukumati Yevropada muzlatilgan mablag‘larni O‘zbekistonga qaytarishga urinmoqda, demoqda.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabarnomasida “uyushgan jinoiy guruhning har bir a‘zosiga nisbatan jazo muqarrarligi printsipining qat‘iy qo‘llanilishi ta‘minlanadi”, deya xulosa qilinadi.

XS
SM
MD
LG