Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:27

"Abu Sahiy"da mahsulot plastik kartochkaga qimmat narxda sotilmoqda


O‘zbekistonda plastik kartochkalarga olinadigan mahsulot 30%ga qimmatga sotilmoqda.
O‘zbekistonda plastik kartochkalarga olinadigan mahsulot 30%ga qimmatga sotilmoqda.

Ozodlikning OzodMaktubiga murojaat qilgan toshkentlik Shoxruhxo‘ja Ergashev "Abu Sahiy" bozorida plastik kartochka bilan savdo qilishni istagan mijozlarga mahsulotlar 35-40 foiz qimmatroqqa sotilayotganini haqida yozdi:

Kollejni bitirib, Ximpromda ikki yildan ortiq ishladim. Oyligim 50%mi, 70%mi plastikka tushadi. Ikki yildan buyon plastik kartochkamda 10 million so‘m yig‘ilib qolibdi. Men o‘z uyim uchun maishiy jihoz olish uchun Abu Sahiy bozoriga bordim.

2 million so‘mga gaz plitasi sotib olmoqchi edim. Narxini so‘rasam, "agar terminaldan to‘lasangiz 2 million 700 ming so‘m, naqd bo‘lsa 1 million 900 ming so‘m qilib beramiz. Plastikka bo‘lsa 30% qo‘shib berasiz, naqdga bo‘lsa tushirib beramiz” deyishdi.

Men plastikka olaman deb borgan edim. “Artel” O‘zbekistondan chiqadiku. O‘zbekistondan chiqayotgan narsaga, O‘zbekistonning puliga yana 30% qo‘shib berishimiz kerak ekan.

Эргашев Шоҳруххўжа билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:22 0:00
Бевосита линк

Kollejni bitirayotganimda tuzgan biznes planimga bankdan kredit berishadigan bo‘lishdi. Borib “texnika sotib olsam bo‘ladimi?” deb surishtirgan edim. Perechisleniyega (pul o‘tkazish-tahr.) 30%, agar naqd bo‘lsa tushirib beramiz deyishdi.O‘sha paytda ham xuddi shunday bo‘lgan edi. Hozir standart bo‘lib qolgan. Hamma yerda 30% ustiga qo‘shib berish kerak ekan.

"Biz u yerdan oladigan narsamizni dollarga olamiz, dollar olish uchun naqd pul kerak. Naqd pul qilish uchun bankdagilar naqd pul so‘raydi", deya bizga shunaqa bahonalar qilishayapti.

XS
SM
MD
LG