Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:32

O‘zbekistonda gaz yana qimmatladi. Arzonchilik qachon bo‘ladi?


O‘zbekistonda 1 oktabrdan boshlab gaz va elektr quvvati narxi qariyib 10 foizga, sovuq suv, issiq suv va istish xizmati 7,2 foizga qimmatlaydi. Agar apreldagi narx oshirilishini hisobga olsak, joriy yilda gaz narxining o‘zi deryali 19 foizga qimmatlamoqda. “Bugunning gaplari” dasturi mana shu mavzuga bag‘ishlandi.

“O‘zbekneftegaz” 1 oktabrdan boshlab aholi va chakana iste‘molchilarga beriladigan tabiiy gaz narxi 1 oktabrdan 10 foizga qimmatlashini bildirdi.

Hisoblagichi bor xonadonlar uchun tabiiy gaz narxi 181 so‘m 62 tiyin qilib belgilangan. Ayni paytda esa gaz narxi 165 so‘m 24 tiyinni tashkil qiladi.

Gaz hisoblagichiga ega bo‘lmagan iste‘molchilar esa 10 kubometr gaz uchun hozirogi 2657 so‘m 65 tiyn o‘rniga 3140 so‘m 85 tiyin haq to‘laydi.

Isitish uchun gazning har 10 kubometriga 1456 so‘m 60 tiyin narx belgilangan.

Bundan avval aprel oyida gaz narxi deyarli 9 foizga oshirilgan edi.

1 oktabrdan o‘zbekistonda elektr quvvati, sovuq va issiq suv, issiqlik narxlari ham ko‘tariladi.

O‘zbekiston poytaxti aholisi 1 oktabrdan yashash joyining har bir kvadrat metri uchun oyiga 844 so‘mu 67 tiyin to‘lay boshlaydi. Ya‘ni avvalgi 787 so‘mu 95 tiyinlik haq 7,2 foizga qimmatlaydi.

Issiq suv ham 7,2 foizga qimmatlab, suv hisoblagichi bo‘lmagan xonadonlar har bir odam uchun 10570 so‘mu 54 tiyin to‘lashi kerak bo‘ladi. Issiq suv hozircha 9860 so‘mu 67 tiyin turadi. Suv hisoblagichlari bor xonadonlar issiq suvning har kub metri uchun 2706 so‘mu 76 tiyindan to‘lay boshlaydi.

Issiq va sovuq suv narxlari oxirgi marta shu yilning aprel oyida oshirilgan edi.

“Toshissiqquvvat” idorasi narxlar oshishini energiya va yoqilg‘i qimmatlagani bilan izohlamoqda.

Navbatdagi narx oshirilishidan norozi bo‘lgan buvaydalik nafaqaxo‘r Bahodir aka Ozodlik radiosi bilan suhbatda bugungi kunda 200 ming so‘m miqdoridagi pensiyasining 30 ming so‘mi faqatgina gaz va elektr pulini to‘lashga ketayotganini aytib, hali foydlanilmagan kommunal xizmatlar uchun ham pensiyasidan pul ushlab qolishlaridan arzlandi.

Bahodir aka bilan suhbatni quyida tinglang.

Пенсионер Баҳодир ака билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:21 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda ko‘plab o‘zbekistonliklar Ozodlik radiosiga qilgan murojaatlarida gaz va elektr quvvati narxini oldindan to‘lab qo‘yganlariga qaramay, elektr va gaz ta‘minoti qoniqarli darajada bo‘lmayotganidan shikoyat qiladilar. Ayniqsa, qish mavsumida bu kabi muammolar bilan Ozodlik radiosiga murojaat qiluvchilar soni ko‘payib bormoqda.

Bu mavzuda gaz sohasi mutaxasisligiga ega bo‘lgan farg‘onalik huquq faoli Abdusalom Ergashevni suhbatga tortik.

Abdusalom Ergashev bilan suhbatni quyida tinglang.

Абдусалом Эргашев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:29 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG