Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:59

Facebookning bir oylik faol auditoriyasi 1,35 milliard kishiga yetdi


Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook xizmatiga oyiga kamida bir marta kiradigan foydalanuvchilarning soni 1,35 milliard kishiga yetdi.

Bu esa o'tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko'pdir, deyiladi tarmoqning joriy yil uchinchi choragi bo'yicha chiqargan hisobotida.

Shuningdek, hisobotda yozilishicha, Facebook ijtimoiy tarmog'idan har kuni foydalanadiganlar soni 864 million kishiga yetgan (o'tgan yilgidan 19 foizga ko'p).

Kunlik faol foydalanuvchilarning 81 foizi, ya'ni 703 milion nafari tarmoqqa mobil qurilmalar orqali kiradi. Facebookning mobil qurilmalar uchun dasturidan esa 1,12 milliard kishi foydalanishi aytilmoqda.

Shirkatning 2014 yil uchinchi choragidagi daromadi o'tgan yilgiga nisbatan 59 foizga o'sib, 3,2 milliard dollarni tashkil etdi. Uning 66 foizi, ya'ni 2,1 milliard dollar Facebookning mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan dasturidan kelib tushgan.

XS
SM
MD
LG