Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:30

Xorazmlik keksa jurnalist Rajabboy Bobojon vafot etdi


O‘zbekiston radiosining Xorazm viloyatidagi muxbiri bo‘lib 40 yil ishlagan, xabarlarining dolzarbligi va o‘tkir publitsistikasi bilan ko‘pchilikning e‘tiboriga tushgan urganchlik jurnalist Rajabboy Bobojon 5 noyabr kuni 77 yoshida vafot qildi. Ozodlik radiosi jamoasi keksa jurnalist vafoti bois uning yaqinlariga hamdardlik izhor qiladi.

Rajabboy Bobojonov 1937 yilda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan.

Qirq yil davomida O‘zbekiston radiosining Xorazm viloyatidagi maxsus muxbiri bo‘lib xizmat qilgan.

- Zil-zambil “reportyor” magnitofoni bilan otam Pitnakdan¸ Do‘simbiygacha¸ Monoqdan Ovshargacha bo‘lgan masofani pikap "Moskvich"da kezib reportajlar hozirlar edi, deb eslaydi uning jurnalist o‘g‘illaridan biri, hamkasbimiz Shuhrat Bobojon.

Radio boshlovchisi Qodir Maxsumov “Xorazmdagi muxbirimiz Rajabboy Bobojonov biz bilan jonli aloqada¸ assalomu alaykum Rajabboy og‘a ” deyishi bilan Rajabboy Bobojon doim baland ovozda "Vaalaykum assalom, Qodirjon", deb reportajni boshlagan.

“Otam uydagi ulkan magnitofondagi osh yeydigan lagan kattaligidagi lentalarni atseton bilan yopishtirib montaj qilar edi. Lentalardagi respondentlar ovozi esa tekstga tushirilishi lozim edi. Menga zo‘rg‘a bo‘yim yetadigan ulkan magnitofon tugmalarini bosib o‘chirish kabi zerikarli vazifa tushar edi. Otam lentadagi ovozlarni eshitib jumlama-jumla mashinkada chiqillatar edi. Montaj bo‘lgan yakuniy mahsulot esa zudlik bilan Urganch aeroportiga yetkazilar edi. Uchuvchilar lentani Toshkent aeroportidagi maxsus qutiga tashlashar edi. Radio xodimlari esa bu lentani olib efirga qo‘yishar edi. Toshkentdan 1000 km uzoqlikdagi Xorazmdan yozilgan lavha ikki soat ichida efirga uzatilar edi”, deb eslaydi Shuhrat Bobojon.

Rajabboy Bobojonning o‘g‘illari ham ota kasbini tanlagan.

Shuhrat va Hurmat Bobojonlar bir necha yildan beri Ozodlikda ishlaydi, Qudrat Bobojon esa, mustaqil jurnalist.

Rajabboy og‘ani Xorazmdagi oddiy sholikor dehqon ham, partkom kotiblari ham yaxshi tanigan. U kishi pensiyaga chiqqanidan keyin ham O‘zbekistondagi dolzarb muammolar haqida xorijiy radiolarga intervyu berib kelgan.

Ozodlik radiosiga bergan intervьyularidan birida Rajabboy ota diktatura haqida shunday fikr bildirgan edi:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:13 0:00
Бевосита линк

Ozodlik radiosi jamoasi Rajabboy otaning yaqinlariga hamdardlik izhor etar ekan, uning oxirati obod bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qoladi.

XS
SM
MD
LG