Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:26

O‘zbekiston gazidan umid uzgan o‘shliklar domlarga “chayon pechka” o‘rnatishayapti


"O‘shliklar orasida “chayon pechka” deb atalayotgan bu pechka uyni gaz balon bilan bir oz isitishga, bir choynak choy yoki ikkita odamga loyiq qozon osishga mo‘ljallangan."
"O‘shliklar orasida “chayon pechka” deb atalayotgan bu pechka uyni gaz balon bilan bir oz isitishga, bir choynak choy yoki ikkita odamga loyiq qozon osishga mo‘ljallangan."

Bundan 9 oy oldin O‘zbekiston gaz ta‘minotidan o‘zib qo‘ygan O‘sh shahri aholisi qishni qo‘p qavatli uylarga Xitoyning “chayon pechka”larini o‘rnatish bilan kutib oldi. Ayrim o‘shliklarning aytishlaricha, O‘zbekiston gaz bermay qo‘ygani sababli shaharda ko‘mir va suyultirilgan gaz narxi ham qimmatlagan.

"Hukumat va‘dalarini qisman bajardi"

Qirg‘izistonda bir kub metr gazning narxi 3 qirg‘iz so‘miga arzonlab, bugungi kunda 13 so‘m 54 tiyinni, dollar hisobida olganda 23 tsentni tashkil qilmoqda. Rasmiy ma‘lumotlarda aytilishicha, gaz narxining arzonlashi Qirg‘iziston hukumati avvallari Qozog‘istondan 224 dollardan olayotgan gazni bugungi kunda Rossiyaning “Gazprom” shirkati Bishkekka 165 dollardan sota boshlagani bilan bog‘liq.

Biroq o‘shliklar Qirg‘iziston shimolida aholiga sotilayotgan arzon gazdan foydalanish imkoniyatidan mahrumligicha qolmoqda. Bishkek rasmiylari O‘shga gaz ta‘minotini qayta tiklash masalasida 9 oy mobaynida O‘zbekiston bilan olib borilgan muzokaralar natijasiz yakunlanganini iddao qilib kelmoqda.

Ўзбекистон газидан умид узган ўшликлар домларга “чаён печка” ўрнатишаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:43 0:00
Бевосита линк

Qirg‘iziston hukumati o‘shliklarga qishdan chiqib olish uchun suyultirilgan gaz yetkazib berishni, ko‘p qavatli uylar elektr pechkalari bilan ta‘minlanishini, elektr energiyasi o‘chirilmasligini va‘da qilgan edi. O‘shlik jurnalist Davron Nasibxonovning aytishicha, bu va‘dalar qisman bajarilgan.

- Qo‘p qavatli uylarda yashovchilarga tok pechkalari, birinchi qavatda yashaydiganlarga esa gaz balonlari olib berish va‘da qilingan edi. Ayrim mahallalar, ayrim domlarga bu narsalar berilgan, lekin hammasiga emas. Elektr energiyasining doimiy o‘chishi kuzatilmayapti. O‘chgan paytda ham 2-3 soat ichida qayta elektr berilayapti. Qish endi boshlanayapti, buyog‘i qanday bo‘ladi, buni vaqt ko‘rsatadi, - dedi Davron Nasibxonov.

"Hovlim domlar ko‘p mahallada joylashganidan xursandman"

O‘zi ham ko‘p qavatli uyda yashaydigan suhbatdoshimizning aytishicha, ko‘p qavatli uylarda yashaydigan o‘shliklar qishdan omon chiqib olish uchun elektr energiyasi ta‘minotida uzilishlar bo‘lmasligiga ishonib turishibdi.

- Domda hozir asosan elektr energiyasiga ishonib turibmiz. Agar elektr uzilib qolsa, chidashdan boshqa ilojimiz qolmaydi. Ayrim qo‘shnilarimiz esa Xitoyning kichkinagina pechkalarini sotib olishmoqda. O‘shliklar orasida “chayon pechka” deb atalayotgan bu pechka uyni gaz balon bilan bir oz isitishga, bir choynak choy yoki ikkita odamga loyiq qozon osishga mo‘ljallangan. Ammo ko‘p qavatli uylarni gaz balon bilan isitish texnik jihatdan juda xavfli, - dedi Davron Nasibxonov.

O‘shning mahallalaridan birida yashovchi o‘z ismini aytmasligimizni istagan suhbatdoshimiz esa o‘z hovlisi ko‘p qavatli uylar zich joylashgan hududda ekanidan xursandligini aytdi:

- Biz shaharning o‘rtasida yashaganimiz uchun svet kamroq o‘chayapti, chunki bizning atrofimizda domlar ko‘p. Domlar yo‘q mahallalarda esa navbat-navbati bilan olti, sakkiz soatlab chiroq o‘chirilayotganini ko‘rayapmiz. Chiroq o‘chirish bo‘yicha o‘zining grafigi bor ekan. O‘sha grafik asosida o‘chirib turishibdi, - dedi suhbatdosh.

"Bir tonna ko‘mir 30-40 dollarga qimmatladi"

O‘sh atrofidagi qishloqlardan birida yashovchi Rahimjon Alijonov O‘zbekiston gaz ta‘minotini uzib qo‘yganidan so‘ng bir tonna ko‘mirning narxi 30-40 dollarga qimmatlaganini aytmoqda:

- Gaz yo‘qligi sababli ko‘mirning bir kilosi 1-1,5 so‘mga qimmatladi. Mana endi qor yog‘di, sovuq tushdi. Bundan buyon ham ko‘mirga bo‘lgan talabning kuchayshi oqibatida narx ko‘tarilishini kutish mumkin, - dedi Rahimjon Alijonov.

O‘zbekiston O‘shga gaz berishni shu yilning 14 aprelida to‘xtatgan edi. Bunga 10 aprel kuni “Qirg‘izgaz” “Gazprom”ga bir dollarga sotilgani, buning ortidan Qirg‘izistonni gaz bilan ta‘minlash vakolati to‘lig‘i bilan Rossiya ixtiyoriga berilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

XS
SM
MD
LG