Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:08

"O‘zbekistonda kompyuter texnologiyalari rivojlanishi uchun iqtisod ochiq bo‘lmog‘i kerak!"


Aksar o‘zbekistonliklar kompyuter dasturlarining faol iste‘molchisiga aylanib ulgurgan.
Aksar o‘zbekistonliklar kompyuter dasturlarining faol iste‘molchisiga aylanib ulgurgan.

Code.org notijorat shirkati tashkil etgan "Hour of Code" ("Kod soati") aksiyasiga qo‘shilganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ushbu onlayn tadbir axborot texnologiyalari, ayniqsa, dasturlash va kod tuzishga bo‘lgan qiziqishni orttirishga qaratilgan. Ayni damda aktsiyaning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda va unda shu kungacha dunyo bo‘ylab millionlagan odamlar qatnashgan.

Aksiya tashkilotchilarining aytishicha, "Hour of Code" 4 yoshdan 104 yoshgacha bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan onlayn o‘quv loyihasidir. Unda kompyuter texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lmaganlar uchun 30 xil tilda dasturlash, mobil qurilmalar uchun ilovalar yaratish, veb-sahifalar tuzish kabi bepul onlayn interaktiv o‘quv kurslari taqdim etilgan.

Shuningdek, loyiha bola bog‘chalari, maktablar va oliygohlarda tahsil olayotgan bolalar va yoshlar uchun o‘quv guruhlarini tuzish imkonini ham beradi. AQSh prezidenti Barak Obama 8 dekabr kuni Nyu Jersi shtatidagi boshlang‘ich maktabda tashkil etilgan shunday guruhlarning birida shaxsan ishtirok etib, sodda bo‘lsa ham kompyuter kodini tuzgan ilk prezidentga aylandi.

O‘tgan yil boshlanib ayni damda ikkinchi bosqichi o‘tayotgan “Hour of Code” aksiyasida shu kungacha dunyo bo‘ylab 65 milliondan ortiq odamning qatnashgani aytilmoqda. Tashkilotchilar yaqin kelajakda ishtirokchilar soni 100 millionga yetishiga umid bildirmoqdalar. Aksiyani Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg, Microsoft shirkati rahbari Bill Geyts kabi taniqli shaxslar qo‘llab-quvvatlab keladi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalarining rivojlanishi sust borayotgan davlatlar qatorida bo‘lsa-da, kichik dasturlar chiqarib ko‘zga ko‘ringan o‘zbeklar soni oz emas. Shulardan biri "Uchar ketmon" mobil o‘yini muallifi Abror Sharipov ayni damda AQShda istiqomat qiladi. Uning aytishicha, O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish uchun iqtisod ochiq bo‘lmog‘i kerak.

- Masalan, Amerika yoki boshqa rivojlangan mamlakatlarda ochiq iqtisod, biznes bu narsani rivojlantiradi. Agar O‘zbekistonda ham bu narsani ochib bersa, ishbilarmonlarga, yangi kompyuterchilarga yoki chet eldan kompyuter sohasiga keladigan sarmoyalargami - shularni ochib bersa bizda ham bu narsa rivojlanib ketadi, deydi mutaxassis.

Abror Sharipov bilan suhbatni qo‘yida to‘liq tinglashingi mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00
Бевосита линк

Agar siz ham "Kod soati" loyihasida qatnashishni istasangiz, hourofcode.org veb-sahifasiga kiring. O‘zingizga to‘g‘ri kelgan 30 tildan birini sahifaning pastki o‘ng burchida tanlab olishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG