Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 04:12

Norvegiyadan Toshkentga qaytgan 6 mehnat muhojiri 12-13 yilga qamaldi​


Toshkent viloyat sudi 12-13 yilga hukm qilgan olti o‘zbek.
Toshkent viloyat sudi 12-13 yilga hukm qilgan olti o‘zbek.

Toshkent viloyat jinoyat ishlari sudi 24 dekabr kuni Norvegiyada mehnat muhojirligida bo‘lib, 2014 yil bahorida O‘zbekistonga qaytgan Shuhrat Ilhomov, Davron Raxmonov, Asad Rixsiyev, Jahongir Tojiyev, Zafar Karimov, Axmadjon Xoliqovlarning har birini 12 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum qildi.

"Erimni video ko‘rgani uchungina 12 yilga qamashdi"

Toshkent viloyat jinoyat ishlari sudi sudlanuvchilarni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244 -(“Taqiqlangan tashkilotlarni tashkil etish”), 159 - (“O‘zbekiston Konstitutsiyaviy tuzimiga tajovuz qilish) moddalari bilan aybdor deb topdi.

Sud hukmi bilan 12 yilga qamalgan Shuhrat Ilhomovning rafiqasi Dilnoza Ilhomovaning aytishicha, sud jarayonida sudlanuvchilar Norvegiyada janggarilar bilan bog‘liq videoroliklarni Internet orqali ko‘rganlarini tan olgan, lekin taqiqlangan tashkilot tuzish, janggarilar safiga qo‘shilish niyatida tayyorgarlikdan o‘tganliklari, besaqolbozlik to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etgan.

-Hamma bolalar ayblovlarni inkor qilishdi va faqat video ko‘rganliklarini tan olishdi. “Bilmagan holda Internet orqali videolarni ko‘rganmiz, lekin bundan boshqa harakatlarni qilmaganmiz”, deb aytishdi. Sudda guvohlik bergan guvohlar ham “Umuman bu bolalarda bu kabi harakatlar bo‘lmagan, buni bilmaymiz, bu gaplarni tergovchi o‘zi qo‘shib qo‘ygan”, deb aytishdi, - dedi Dilnoza Ilhomova.

Норвегиядан Тошкентга қайтган 6 меҳнат муҳожири 12-13 йилга қамалди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:52 0:00
Бевосита линк

"Sudlanuvchilarning qiynoqlar haqidagi bayonotlariga sud e‘tibor qaratmadi"

Toshkentlik huquq faoli Yelena Urlayevaning aytishicha, sudlangan olti odam - Shuhrat Ilhomov, Davron Raxmonov, Asad Rixsiyev, Jahongir Tojiyev, Zafar Karimov, Axmadjon Xoliqov bir necha yillik mehnat muhojirligidan so‘ng 2014 yil bahorida Norvegiyadan Toshkentga qaytgan. Iyul oyida bu shaxslar qo‘lga olingan va huquq-tartibot xodimlari tomonidan qiynoqlarga solinib, o‘zlariga qarshi ko‘rsatmalar berishga majbur qilingan.

-Bolalar qiynoqqa solingan. Ularga olti kun uxlashga ruxsat berilmagan. Sudda bolalar o‘zlarini qay tarzda qiynaganlarini aytib berishdi va buning isboti sifatida yirtib tashlangan tillarini ko‘rsatishdi. Biroq prokuror ham, sud ham bu ko‘rsatmalarni e‘tiborga olmadi. Sudlanuvchilarga qiynoqlar ostida ayblov tan oldirilgan, - dedi Yelena Urlayeva.

"Hukumatga yoqmay qolsang 159-modda bilan qamalaverasan"

Yuqorida nomi aytilgan shaxslarga nisbatan sud jarayoni shu yilning oktabr oyida boshlangan edi. Sud jarayonini kuzatgan huquq faoli Shuhrat Rustamov sudlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilgan, degan fikrda. Huquq faoliga ko‘ra, mazkur ishda 159-modda sudlanuvchilarga nisbatan noto‘g‘ri qo‘llanilgan. Ammo sud bu jihatni ham e‘tiborga olmagan.

-Bu ish uyushtirilgan narsa. 159-modda ko‘pincha noto‘g‘ri qo‘llaniladi. Bu modda biron –bir harakat uchun qo‘llaniladi, diniy tashkilotga a‘zolik uchungina bu moddani qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, 159-modda qo‘llanilishi uchun namoyishmi, biron-bir davlat organiga hujummi... Mana shu holatda ishlatilishi kerak 159-modda. Bular esa o‘zlariga yoqmagan odamlarning hammasiga bu moddani paqillatib ishlatishib yotishibdi, -dedi Shuhrat Rustamov.

"O‘zbekiston" telekanali sud hukmi o‘qilmay turib "jihodchi besoqolbozlar"ni qoralagan

Ozodlik radiosi 15 dekabr kungi eshittirishida “O‘zbekiston” telekanalida 37 yoshli Shuhrat Ilhomov, 30 yoshli Davron Raxmonov, 28 yoshli Asad Rixsiyev, 38 yoshli Jahongir Tojiyev, 29 yoshli Zafar Karimov, 34 yoshli Axmadjon Xoliqov haqida “Xiyonat” deb nomlangan filmni namoyish qilgani haqida xabar bergan edi. 11 dekabr kuni namoyish etilgan mazkur filmda “O‘zbekiston” telekanali hali sud hukmi o‘qilmay turib, ayblanuvchilarNorvegiyada yashirin faoliyat ko‘rsatgan diniy-ekstremistik oqimga a‘zo bo‘lgani, ularga Oslodagi Abduvohid ismli imom boshchilik qilganini aytgan.

"O‘zbekiston" telekanaliningo‘zbekistonliklarni jihodchilik va besoqolbozlikda ayblab, namoyish qilgan ko‘rsatuvidan so‘ng Norvegiya o‘zbek qochqinlarining deportatsiyasini to‘xtadi.

Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti ma‘lumotiga ko‘ra, Norvegiyadan O‘zbekistonga qaytgan 18 kishi tazyiq va bosimga uchragan.

XS
SM
MD
LG