Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:23

Qirg‘iz-Tojik chegarasida otishma: bir zobit halok bo‘ldi​


Noma‘lum shaxslar 17 yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi postga hujum qilgani oqibatida Qirg‘iziston chegara xizmati ofitseri halok bo‘ldi va ikki askar yaralandi. Bishkek rasmiylari mazkur voqea chegara hududidan 30 kilometr ichkariroqdagi Qirg‘iziston hududida sodir etilganini aytmoqdalar.

Chegaraga hujum qilganlar qidirilmoqda

Qirg‘iziston Chegara xizmati rasmiysi Gulmira Bo‘riboyevaning aytishicha, qirg‘iz-tojik chegarasining Botken viloyati Laylak tumani hududidan o‘tuvchi qismidagi Ayko‘l chegara punktiga noma‘lum shaxslar 16 yanvar kuni tungi soat 11lar chamasida hujum qilgan.

Yaralangan chegarachilar Qirg‘izistonning Isfana shahar kasalxonasiga yotqizildi. Ayrim xabarlarda yaralanganlardan birining ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgani uchun O‘sh viloyat kasalxonasiga jo‘natilgani aytilmoqda.

Qirg‘iziston chegara xizmati raisining o‘rinbosari Iskander Mambetaliyev voqea joyida vaziyatni o‘rganmoqda.

Ayni paytda hujum qilgan shaxslarni qidirish ishlari olib borilmoqda. Qirg‘iziston – Tojikiston chgearasi kuchaytirilgan rejimda qo‘riqlanmoqda.

2014 yilda qirg‘iz-tojik chegarasida 8 marta o‘q otildi

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasi eng notinch hududlardan hisoblanadi. O‘tgan yilning 25 avgust kuni qirg‘iz-tojik chegarasida sodir bo‘lgan noxush hodisa chog‘ida tojikistonlik 2 fuqaro nobud bo‘lgan, 5 nafari yaralangandi.

2014 yil 10 iyul kuni chegarada bo‘lgan otishmada Tojikistonning Vorux qishlog‘ida istiqomat qilgan 36 yoshli Safoiddin Sharopov vafot etgan. Tojikistonlik yana 7 kishi o‘qotar quroldan olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Aniqlangan ma‘lumotlarga ko‘ra, tojikistonliklar chegaraning aniqlanmagan hududida suv keltirish uchun quvur ko‘mayotgan paytda qirg‘iz chegarachilari bilan ziddiyat kelib chiqqan. Shundan so‘ng otishma boshlangan.

2014 yilning 7-8 may kunlari qirg‘iz-tojik chegarsi hududida joylashgan Botken viloyatining Ko‘k-Terak qishlog‘ida Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ishtirokida tartibsizliklar sodir etilgan, savdo do‘konlari, yoqilg‘i quyish shahobchasi, avtomashinalarga o‘t qo‘yilgandi.

Qirg‘iziston va Tojikiston rasmiy manbalari tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, tartibsizliklarda jami 25 kishi jarohat olgan. Ularning 17 nafari qirg‘izistonlik, 8 nafari tojikistonliklardir.

O‘tgan yilning 11 yanvar kuni ikki davlat chegarachilari sodir etgan otishmada 7 nafar qirg‘iz chegarachisi yaralangan.

2014 yilda Qirg‘izistonning qo‘shni davlatlar bilan chegarasida sodir bo‘lgan jami nizolar soni 40 ta ekani aytilmoqda. Bularning 32 tasi qirg‘iz-tojik, 5 tasi qirg‘iz-o‘zbek, 2 tasi qirg‘iz-qozoq chegarasi, 1 tasi qirg‘iz-xitoy chegarasida sodir bo‘lgan.

Qirg‘iziston chegara xizmati qurol qo‘llanilgan 8 nizo qirg‘iz-tojik chegarasida sodir bo‘lganini aytmoqda va chegaraning bu qismida mojarolar ko‘paygan. Ya‘ni, 2013 yilda qirg‘iz-tojik chegarasida 19 ta intsident kuzatilgan bo‘lsa, 2014 yilning 10 oyi ichida 32 ta intsident qayd etildi.

XS
SM
MD
LG