Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:43

Prezident saylovi narx oshirilishini "muzlatib" qo‘ydi​


O‘zbekistonda joriy yil 1 apreldan boshlab kommunal xizmatlar uchun narxlar oshirilishi kutilmayapti. O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bu xabarni rasmiylar ham qisman tasdiqladi. Rasmiylarga ko‘ra, prezidentlik saylovi yakunlanguniga qadar narxlarni oshirmaslik borasida ko‘rsatma berilgan.

Toshkentdagi “Gazeta.uz” nashrining bildirishicha, O‘zbekistondagi barcha kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari 1 apreldan qommunal xizmatlar inarxi oshirilmasligi to‘g‘risidagi xabarlarni tasdiqlagan. Mutassadi shaxslar, ayni paytda an‘anaviy tarzda narx oshirilishi qachon kutilayotgani haqida ham ma‘lumotga ega emasliklarini aytganlar.

O‘zbekistonda har yili 1 aprel va 1 oktabrda kommunal xizmatlar narxining ko‘tarilishi an‘anaga aylangan edi.

Kommunal xizmat ko‘rsatish shahobchalari narxlar oshirilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali aholini 15 kun oldin xabardor qilishlari shart. Biroq hozircha matbuotda bunday e‘lon berilgan emas.

Ozodlik radiosi muxbiri bilan suhbatlashgan “O‘zkommunxizmat” shirkati rasmiysi Natalya Vishnevskaya kommunal xizmatlar uchun narxlarni Moliya vazirligi belgilab, hukumat tasdiqlab berishini ta‘kidlagan holda, hozircha yuqori tashkilotlardan bu borada ko‘rsatma olinmaganini aytdi:

-Narx oshirilishi yuzasidan ommaviy axborot vositalarida 15 kun avval xabar berilishi kerak. Lekin hozircha bu haqda xabar berilmadi. Ammo hozircha narxlar oshirilsin yoki narxlar oshirilmasin, degan gapni ham eshitganim yo‘q. Hozir oldinda saylovlar kabi muhim voqelar bo‘lishi kutilmoqda. Balki narxlarning oshirilmayotgani mana shu voqea bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, - dedi rasmiy.

Ammo Ozodlik muxbiriga ismini aytmaslik va ovozini yozib olmaslik sharti bilan gapirgan Toshkentdagi amaldorlardan biri O‘zbekistonda prezidentlik saylovi o‘tkazilguniga qadar narxlarni oshirmaslik to‘g‘risida qat‘iy buyruq bor ekanini aytgan.

Amaldorning aytishicha, "bu buyruq kommunal xizmatlar narxiga taaluqli emas va shuning uchun ham 1 apreldan boshlab kommunal xizmatlar hamda benzin narxining ko‘tarilishini kutish mumkin".

Ammo “O‘zkommunxizmat” shirkati rasmiysi Natalya Vishnevskaya bu tahminni rad etdi:

- Har bir viloyat organi mustaqil ravishda tariflarni belgilash huquqiga ega. Lekin narxning qachon va qay tarzda oshirilishini faqat Moliya vazirligi va hukumat belgilab bera oladi. Agar narx 1 apreldan oshirilgani rejalashtirilganida edi, unda shu kungacha bu haqda aholi ogohlantirib bo‘linar edi, - dedi Natalya Vishnevskaya.

O‘zbekistonda so‘nggi marta 2014 yil 1 oktyabrdan boshlab gaz va elektr quvvati narxi qariyib 10 foizga, sovuq suv, issiq suv va istish xizmati 7,2 foizga qimmatltilgan edi.. Agar 2014 yil 1 apreldagi narx oshirilishini hisobga olsak, o‘tgan yilda gaz narxining o‘zi deryali 19 foizga qimmatlaganini kuzatish mumkin.

XS
SM
MD
LG