Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 12:46

Shikoyatchi hamshira ishdan haydalmaslikka umid qilmoqda ​


O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari oyligidan bu yilgi paxta terimi uchun pul ushlab qolinayotgani haqida shikoyat qilgan toshkentlik hamshira bosimlar ostida qolgan.

O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansiga ko‘ra, Toshkentning Olmazor tumani poliklinikasida hamshira bo‘lib ishlovchi Saodat Sodiqova oyliklaridan paxta uchun pul ushlab qolinayotgani haqida jamoatchilikka ma‘lumot sizdirganidan so‘ng bir necha marta so‘roqqa chaqirilgan. Undan nega yig‘im-terim kampaniyasi uchun pul yig‘ilishi haqidagi "davlat siri"ni fosh qilgani haqida so‘rashgan.

Alyans faollarining Ozodlikka ma‘lum qilishicha, Saodat Sodiqova 13 avgust kuni attestatsiyaga chaqirilgan va unga ishdan haydash bilan po‘pisa qilishgan.

O‘zbekistonda hali paxta terimi boshlanmasidan Toshkentning Olmazor tumani poliklinikasi hamshiralari oyligidan 30 ming, vrachlardan esa 60 ming so‘mdan ushlab qolinayotgani to‘g‘risida Ozodlik hamshira Saodat Sodiqovaning ​turmush o‘rtog‘i - huquq faoli Abdurazzoq Sodiqovdan olingan ma‘lumot asosida xabar bergan edi.

Абдураззоқ Содиқов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:10 0:00
Бевосита линк

7 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda Sodiqov: "Doktorlarning hammasidan, oyligidan pul olyapti. Hamshiralardan 30 ming, doktorlardan 60 ming ushlab qolinyapti. Paxtaga boradiganlarning ovqatlanishiga, yo‘l xarajatlari hammasi shu korxonalarning zimmasida. Yuqoridan og‘zaki buyruq bo‘lgan ekan. Bizda, bilasiz, og‘zaki buyruq har qanday qonundan kuchli turadi. Agar pul bermasa, ishdan ketadi", deb aytgan edi.

Sodiqov 15 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘shandan keyin turmush o‘rtog‘i bir necha marta so‘roqqa chaqirilgani va pirovardida olingan pullar shifokorlarga qaytarib beriladigan bo‘lganini aytdi.

– Bu xabar tarqalganidan keyin xotinimni glavvrach chaqirgan. Keyin o‘zini "Mehnat vazirligidan" deb tanishtirgan mulozim xotinimga: “Men sizni muhofaza qilgani keldim”, deb aytgan. Kecha xotinimni attestatsiyaga ham chaqirishdi. Kelasi hafta natijasi chiqadi. Lekin xalqaro tashkilotlar, siz jurnalistlar bu haqda bong urganlaringizdan so‘ng vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarayotgandek. Attestatsiya natijalari ijobiy bo‘ladi, deb umid qilyapmiz. Bundan tashqari, hozir hamshira, vrachlardan paxtaga deb olingan pullar ham qaytarib beriladigan bo‘lyapti. Kelasi hafta hamma pul qaytarib berilar ekan, - dedi Abdurazzoq Sodiqov.

O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashib kelayotgan bir qancha tashkilotni o‘zida birlashtirgan “Cotton Campaign” faoli Mettyu Fisher Dali shifokorlarning o‘z xohishlariga zid tarzda paxta terimiga jalb etilishi va oyliklaridan ushlab qolinishini mehnat huquqlarining buzilishi sifatida baholaydi:

- O‘zbekistonda yillardan beri o‘qituvchilar, shifokorlar va byudjet idoralari xodimlari ishdan haydalishlari haqidagi tahdidlar bilan paxta terishga majburlanadi. Buning ustiga oyliklari kesilmoqda. Bu zamonaviy qullikning bir ko‘rinishidir, - deydi Mettyu Fisher Dali Ozodlik bilan suhbatda.

“Cotton Campaign” avvalroq O‘zbekiston hukumatini majburiy mehnatni taqiqlash, bu taqiqni buzganlarni jazolashga chaqirgan edi.

XS
SM
MD
LG