Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 17:32

Sukerberglar Feysbuk aksiyalarining 99 foizini xayriyaga beradi


1 dekabr kuni tug‘ilgan ilk farzandi – qizaloq Maksga atab yozilgan maktubida Feysbuk asoschisi va etakchisi Mark Tsukerberg va uning xotini Pristilla o‘z farzandining yaxshiroq¸ sog‘lomroq dunyoda yashashiga hissa qo‘shish uchun Feysbuk aksiyalarining o‘z ixtiyoridagi qimmati 45 milliardlik 99 foizini xayriya ishlariga sarflashini bildirdi.

1 dekabr kuni tug‘ilgan ilk farzandi – qizaloq Maksga atab yozilgan maktubida Feysbuk asoschisi va etakchisi Mark Sukerberg va uning xotini Pristilla o‘z farzandining yaxshiroq¸ sog‘lomroq dunyoda yashashiga hissa qo‘shish uchun Feysbuk aksiyalarining o‘z ixtiyoridagi qimmati 45 milliardlik 99 foizini xayriya ishlariga sarflashini bildirdi.

Bugunga kelib foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshib ketgan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va aksiyalarining asosiy egasi bo‘lgan 31 yashar Mark Sukerberg birinchi farzandlik bo‘ldi.

1 dekabr kuni dunyoni qizlik bo‘lganidan xabardor qilgan er-xotin Sukerberglar¸ Feysbuk orqali yangi chaqaloqqa yozilgan kattagina maktubni ham e’lon qildilar.

“Onang va men sen bizga kelajak uchun bergan umidni tasvirlashga hozircha ojizmiz. Hamma ota-onalar kabi¸ biz ham sening bugungidan ko‘ra yaxshiroq dunyoda katta bo‘lishingni istaymiz. Ertangi dunyoning bugungidan yaxshiroq bo‘lishi uchun biz ham qo‘limizdan kelganini qilamiz. Buni faqat seni juda yaxshi ko‘rganimiz uchungina emas¸ balki kelajak avlodlar oldida ma’naviy burchimiz borligi uchun ham qilamiz”¸ deb yoziladi ushbu ehtirosli maktubda.

Inson hayoti qaerdaligidan qat’iy nazar bir xil qadrlanmog‘i kerakligi ta’kidlanilgan maktubda Sukerberglar¸ bugungi va ertangi avlodlar hayotining sog‘lomroq¸ baxtliroq va uzoqroq bo‘lishi uchun davosiz dardlarga davo topish¸ hammaning turli g‘oya va imkonlarga birdek bog‘lanishi¸ bilim va ma’rifat olish imkonini ta’minlash¸ qashshoqlik va ochlikka barham berish lozimligini aytadilar.

Bu ishlarni qilish uchun esa¸ chaqaloq Maksning ota-onasi o‘z umrlari davomida ixtiyorlaridagi Feysbuk aksiyalarining 99 foizini sarflashni va’da qildilar.

Ikkalasi ham bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan Sukerberglar bu ulkan loyiha tafsilotlarini kelasi oylar ichi ochiqlashni bildirdilar.

Mark va Pristilla Sukerberglarning bu maktubda¸ ayniqsa¸ 45 milliard dollarlik boyligini xayriya ishlariga sarflash haqidagi bayonoti 2 dekabr kuni dunyo miqyosidagi bosh xabarlardan biriga aylandi.

Sukerbergning¸ Bill Geyts¸ Uoren Bafet va David Pakkard kabi o‘z boyligining asosiy qismini xayriya loyihalariga qoldirishga qaror qilgan amerikalik milliarderlardan farqli bu to‘xtamga qarib¸ o‘lim arafasida emas¸ ayni yoshligida kelgani¸ ayniqsa¸ shov-shuvga sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG