Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:03

O‘zbek muxolifatchilari Yevropada “Tug'yon” radiosiga asos soldi


Yevropa Ittifoqida “O‘tyuraklar klubi” inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti hamda “Muqobil O‘zbekiston” muvofiqlashtirish kengashining qo‘shma loyihasi bo‘lgan yangi “Tug'yon” onlayn-radiosi 16 yanvardan o‘z ishini boshladi.

Radioning birinchi eshittirishi bundan 24 yil avval Toshkentda bo‘lib o‘tgan fojeali voqealarga bag‘ishlandi. 1992 yilning 16 yanvarida Toshkentda talabalarning non narxi oshganiga qarshi norozilik chiqishi qonli namoyishlarga aylanib ketgan edi.O‘shanda hukumat kuchlarining talabalarga qarata o‘t ochishi oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan.

Radio muharriri va boshlovchisi Ulug‘bek Bakirovning Ozodlik radiosiga aytishicha, “Tug'yon” radiosi eshittirishlari keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda asosan, fuqarolik jamiyati faollari, muxolifat namoyondalari, davlat va siyosat hamda jamoat va din arboblari, huquq himoyachilari, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, san’atkorlar va boshqa soha vakillari hamda oddiy radio tinglovchilar bilan suhbatlar uyushtiriladi.

“Tug'yon” onlayn-radiosi har haftada eng kamida ikki marotaba eshittirish tayyorlaydi. Bu eshittirishlarni “O‘tyuraklar klubi” hamda “Muqobil O‘zbekiston” muvofiqlashtirish kengashining veb-sahifalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali eshitish mumkin bo‘ladi.

“Tug'yon” radiosi haqida Ozodlikka Ulug‘bek Bakirov gapirib berdi.

Улуғбек Бакиров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:44 0:00

XS
SM
MD
LG