Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:54

Qirg‘izistondagi avtohalokatda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


Qirg‘izistonning Qadamjoy shahrida 23 yanvar kuni sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida uch odam, jumladan, ikki o‘zbekistonlik va bir qirg‘izistonlik halok bo‘ldi, o‘ttizga yaqin odam jarohat oldi. Jarohatlanganlardan 3 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Qadamjoy shahriga kiraverishda og‘ir yuk mashinasi haydovchisi mashinani boshqarolmay qolgan va 4 yengil avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l chekkasidagi uyni buzib kirgan.

Halokatga uchragan 4 mashinadan ikkitasi Damas rusumida bo‘lib, ularda So‘x tumanidan Rishton tumaniga olma yuklab ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Halokatda ikki o‘zbekistonlik va bir qirg‘izistonlik qurbon bo‘ldi. Bundan tashqari 30 odam turli jarohat olgan, ulardan 21 nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Bugunga kelib kasalxonada 8 odam qolmoqda. Ulardan uch nafarining ahvoli o‘ta og‘ir ekani xabar qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklarning jasadi o‘z vataniga qaytarildi. Hozirda avtohalokat sabablari militsiya tomonidan o‘rganilmoqda.

“Yuk mashinasi balandlikdan tushib kelgan. Pastda, yo‘l chetida turgan O‘zbekistonning ikki Damas mashinasi va Qirg‘izistonning marshrutkasini urgan. O‘sha marshrutkada ko‘p odam bo‘lgan. Hozir tuman Ichki ishlar boshqarmasi fojea tafsilotlarini o‘rganayapti”, -deydi Qadamjoy tuman hokimiyati rasmiysi Mamatqasim Nurmatov.

Mazkur voqea O‘sh-Isfana yo‘lining O‘zbekistonga eltuvchi yo‘l bilan tutashgan qismida yuz bergan. Mahalliy aholiga ko‘ra, yo‘lning mana shu qismida avtohalokatldar va turli baxtsiz hodisalar tez-tez takrorlanib turadi. Mahalliy aholi shundan kelib chiqqan holda, yo‘l xavfsizligini ta’minlash uchun O‘zbekistonga eltuvchi yo‘llar yopilishi kerak, deb hisoblamoqda:

“O‘sh-Botken yo‘li muammosi hal qilinishi kerak. Fojealar shu bilan 2-3 marta takrorlandi. Bu O‘zbekiston yo‘lini umuman to‘sib tashlab, O‘sh orqali yo‘l qilish kerak”, - deydi foje bo‘lgan hududda istiqomat qiluvchi Uso‘n Qo‘zubekov.

Aytib o‘tish lozimki, qirg‘izistonliklar 2014 yilgacha O‘shdan Botkenga bo‘lgan 250 kilometrlik masofaning 10 kilometrlik qismini So‘x orqali bosib o‘tishar edi. Mahalliy aholi yopib tashlashni talab qilayotgan yo‘l mana shu yo‘ldir. 2014 yilda O‘sh-Botken yangi yo‘li qurilganidan so‘ng, qirg‘izistonliklar mazkur yo‘nalishdagiO‘zbekiston yo‘llaridan foydalanmay qo‘ygan.

XS
SM
MD
LG